13:47 16 Dekabr 2017
Efir
Kontrabanda zolota

Oʻzbekistonda zargarlik buyumlariga aktsiz soligʻi bekor qilinadi

Press-slujba Ministerstva Finansov RA
Jamiyat
Havola olish
257 0 0

Zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilar ishlab chiqarish uchun qimmatbaho metallarni olishi tartibi ham oʻzgardi

TOSHKENT, 12 avgust — Sputnik. Oʻzbekiston prezidentining "Zargarlik sanoatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori eʼlon qilindi.

Hujjatga muvofiq, 2018 yil 1 yanvardan chakana savdo tarmogʻida sotiladigan zargarlik buyumlariga aktsiz soligʻi bekor qilinishi soha rivojlanishida muhim omil boʻladi.

Bundan tashqari, 2020 yil 1 yanvargacha zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilar zargarlik buyumlarini sotishda, jumladan eksportga sotishda boʻshaydigan mablagʻlarni ishlab chiqarishni rekonstruktsiya qilish va modernizatsiya qilishga, shuningdek aylanma mablagʻlarini toʻldirishga maqsadli yoʻnaltirgan holda aktsiz soligʻi va QQS toʻlamaydigan boʻldi.

Shu bilan birga, 2017 yil 1 oktyabrdan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan qimmatbaho metallardan zargarlik va boshqa buyumlar ishlab chiqarish Markaziy bank huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi tomonidan beriladigan litsenziya asosida amalga oshiriladi. Davlat asillik darajasini belgilash palatasining roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasi bekor qilinmoqda.

Zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilar ishlab chiqarish uchun qimmatbaho metallarni olishi tartibi ham oʻzgardi. Endilikda vakolatli tijorat banklariga Markaziy bank tomonidan tasdiqlanadigan shakllar boʻyicha zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish hajmlarini koʻrsatgan holda ishlab chiqaruvchining qimmatbaho metallarga boʻlgan ehtiyojini koʻzda tutadigan buyurtmalar yuboriladi. Vakolatli tijorat banklari ishlab chiqaruvchilarning zargarlik buyumlariga boʻlgan ehtiyojidan kelib chiqib, Markaziy bankka zarur hajmlarda qimmatbaho metallarni ajratish toʻgʻrisidagi buyurtmani yuboradi.

Markaziy bank vakolatli tijorat banklari buyurtmalariga asosan plastina koʻrinishidagi vazni 100 grammdan boshlanadigan qimmatbaho metallarni milliy valyutaga toʻliq oldindan toʻlov shartlarida London qimmatli metallar birjasining ertalabki fiksing narxidan kelib chiqib ajratadi (qimmatbaho metallarning sof ogʻirligiga qayta hisoblab).

Vakolatli tijorat banklari zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilarga qimmatbaho metallarni qayta sotish huquqisiz, 1%dan koʻp boʻlmagan miqdorda marja undirgan holda sotadi.

Markaziy bank shu yilning 1 oktyabrigacha boʻlgan muddatda respublika hududlarida belgilangan tartibda zargarlik buyumlarining asillik darajasini belgilash va tamgʻalashni amalga oshiradigan Davlat asillik darajasini belgilash palatasining filiallarini tashkil etadi.

Shuningdek, banklar ham tegishli imtiyozlarga ega boʻldi. Ular 2020 yil 1 yanvargacha qimmatbaho metallarni sotish borasida QQS va davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalarni toʻlashdan ozod etildi.

Asosiy mavzular