06:01 18 Dekabr 2017
Efir
Podsledstvennыy v SIZO Matrosskaya tishina

Oʻzbekistonda mahbuslarga videouchrashuvlarga ruxsat beriladi

© Sputnik/ Andrey Stenin
Jamiyat
Havola olish
351 0 0

Jazoni ijro etish Bosh boshqarmasi, uning boʻlinma va muassasalari oʻrtasida himoyalangan kanallar orqali videokonferentsiya tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda

TOSHKENT, 12 avgust — Sputnik. Oʻzbekistonda yaqin orada mahbuslar yaqinlari bilan videouchrashuvlar orqali muloqot qilish huquqiga ega boʻladilar, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

Shavkat Mirziyoyev ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlgan jazoni ijro etish muassasalari sohasidagi ichki ishlar organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi qarorni imzoladi.

Hujjatdagi eng asosiy yoʻnalishlardan biri – zamonaviy texnologiyalarni joriy etish. Xususan, jazoni ijro etish Bosh boshqarmasi, uning boʻlinma va muassasalari oʻrtasida himoyalangan kanallar orqali videokonferentsiya tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda. Qarorda ushbu tizim yordamida mahbuslarning yaqinlari va qarindoshlari bilan masofaviy videouchrashuvlar oʻtkazish imkoniyatini taʼminlash belgilangan.

Qamoqxonalarda ishlab chiqarish va qishloq xoʻjalik faoliyati hamda boshqa xizmatlar koʻrsatish bilan shugʻullanuvchi davlat unitar korxonalarini tashkil etish koʻzda tutilmoqda. Shuningdek, yangi tashkil etilgan davlat korxonalari va tizimning boshqa muassasalari faoliyatidan olinadigan daromad hisobiga moliyalashtiriladigan jazoni ijro etish Bosh boshqarmasining Markazlashgan fondi tashkil qilinadi.

Davlat rahbari 2017 yilning 1 dekabriga qadar barcha qamoqxonalarda mahbuslarga jazo oʻtash tartibi va sharoitlari, afv etish tartibi haqida maʼlumot beruvchi axborot stendlari bilan jihozlash topshirigʻini berdi. Bu maʼlumotlar shuningdek, Ichki ishlar vazirligining saytida ham joylashtirilishi shart.

Yana bir muhim yoʻnalish – jazoni ijro etish muassasalari faoliyatini rivojlantirish boʻyicha 2018-2022 yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar Dasturi 2017 yil 1 noyabrga qadar ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi belgilangan.

Unda bino va inshootlarni qurish va rekonstruktsiya qilish, qamoqxonalardagi ishlab chiqarish quvvatlari va texnik qayta qurollanishni rivojlantirish, jazoni ijro etish muassasalari hamda ulardagi ishlab chiqarish va qishloq xoʻjalik faoliyati bilan shugʻullanadigan tashkilotlarga maʼlum turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish boʻyicha buyurtmalarni joylashtirish koʻzda tutilishi lozim.

Asosiy mavzular