21:55 17 Oktyabr 2017
Efir
V Andijan pribыla delegatsiya s goroda Osh

Oʻsh shahri meri: ikki xalqni bir-biridan ajratmoqchi boʻlganlar xato qiladi

© Sayt xokimiyata Andijanskoy oblasti
Jamiyat
Havola olish
53910

Andijonda Oʻsh shahar meri rahbarligidagi delegatsiya mehmon boʻldi

TOSHKENT, 12 avgust — Sputnik. Andijonda Oʻsh shahar meri rahbarligidagi delegatsiya mehmon boʻldi. Bu haqda Andijon viloyat hokimligi rasmiy saytida maʼlum qilindi.

Mehmonlar dastlab Xoʻjaobod tumanida yaqinda foydalanishga topshirilgan "Toshkent vino kombinati" aktsiyadorlik jamiyati, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va "Navigul" qoʻshma korxonasi hamkorligidagi "FRIUT INDUSTRIES" qoʻshma korxonasida boʻldilar. Bu yerda tashkil etilgan zamonaviy texnologiyalar asosidagi issiqxona, meva-sabzavotlarni qayta ishlash, quritish, saqlash jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.

Andijon shahridagi ilk tashrif "Andijonavtotexxizmat" yopiq aktsiyadorlik jamiyatiga boʻldi.

"Andijonavtotexxizmat" avtosaloni hamda avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish shoxobchasi mehmonlarda katta qiziqish uygʻotdi.

Viloyat bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazida oʻtgan oʻzaro suhbatlar bolalardagi kasalliklarni erta aniqlash va davolash mavzusida boʻldi.

Andijon shahrida olib borilayotgan obodonlashtirish, qurilish ishlari bilan tanishish asnosida mehmonlar Andijon shahri Yoyilma mahalla fuqarolar yigʻinida boʻldilar.

Andijon shahri M.Musayev koʻchasida qurilayotgan koʻp qavatli turar-joy binolari, xizmat koʻrsatish shoxobchalari ham mehmonlar eʼtiboridan chetda qolmadi.

— Ikki xalqni bir-biridan ajratmoqchi boʻlganlar xato qiladi,-dedi Oʻsh shahar meri Ayshmamat Qadirbayev. — Bizni urf-odatlarimiz, tilimiz, dinimiz, xatto qabristonlarimiz ham bir. Bundan keyingi doʻstona munosabatlarimiz yanada rivojlanib boraveradi. Buning uchun davlatlarimiz rahbarlariga minnatdorchilik bildiramiz.

Asosiy mavzular