IIV tizimida birdaniga 22 nafar rahbar tayinlandi

© Sputnik / Mixail VoskresenskiyPustoe kreslo
Pustoe kreslo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston IIV tizimida bir qator lavozim tayinlovlari amalga oshirildi.

TOShKENT, 12-avgust — Sputnik. O‘zbekiston IIV tizimida bir qator lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda "Postda" gazetasiga tayanib Uznews.uz xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, podpolkovnik Aliy Saliyev – Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga, podpolkovnik Polat Yeshanov – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumani IIB boshlig‘i, podpolkovnik Nurlanmurat Ametov –Kegeyli tumani IIB boshlig‘i, podpolkovnik Omirbay Turdibayev –Taxtako‘pir tumani IIB boshlig‘i, podpolkovnik Beknazar Shaxanov –Chimboy tumani IIB boshlig‘i, mayor Dilshodbek Ibragimov –Amudaryo tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Polkovnik Shavkat Umarov Toshkent viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Portfel s dokumentami - Sputnik O‘zbekiston
IIV tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Navoiy viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i etib podpolkovnik Shuhrat Samadov tayinlandi.

Podpolkovnik Zahiriddin G‘ofurov Andijon viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Podpolkovnik Asqar Umarov – Samarqand viloyati IIB Qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik Kamoliddin Yuldashev – Qashqadaryo viloyati IIB Qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘i, mayor Azizjon Allayorov – Surxondaryo viloyati IIB Qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Mayor Qamariddin Haydarov – Buxoro viloyati IIB JIEB jazoni ijro etish muassasasi boshlig‘i, podpolkovnik Nodir Ro‘ziyev – Buxoro viloyati Kogon tumani IIB boshlig‘i, podpolkovnik Dilshod Xojiyev –Shofirkon tumani IIB boshlig‘i, mayor Azamat Haydarov –Buxoro tumani IIB boshlig‘i etib tayinlandi.

Podpolkovnik Farhod Shayzoqov – Sirdaryo viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik Jahongir Haydarov –Sirdaryo tumani IIB boshlig‘i, podpolkovnik Alauddin Fayziyev –Sardoba tumani IIB boshlig‘i, podpolkovnik Jasurbek Sherqulov – Oqoltin tumani IIB boshlig‘i, podpolkovnik Oybek Abdullayev –Guliston tumani IIB boshlig‘i, podpolkovnik Zohidjon Qayumov –Guliston shahar IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Yangiliklar lentasi
0