Mirziyoyev Misr va Xitoy rahbarlariga hamdardlik bildirdi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishTerakt, gvozdiki
Terakt, gvozdiki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Misr prezidenti Abdul-Fattoh As-Sisi va XXR raisi Si Szinpinga hamdardlik maktublarini yo‘lladi

TOShKENT, 12-avgust — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qohira – Iskandariya temir yo‘l yo‘nalishida sodir bo‘lgan mudhish halokat natijasida ko‘plab insonlarning qurbon bo‘lgani va jarohat olgani munosabati bilan Misr prezidenti Abdul-Fattoh As-Sisiga hamdardlik bildirdi.

Shavkat Mirziyoyev shuningdek, Xitoyning Shensi provinsiyasida yo‘lovchi avtobusi yo‘l-transport hodisasiga uchragani oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va jabrlangani munosabati bilan XXR raisi Si Szinpinga hamdardlik bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0