02:21 22 Oktyabr 2017
Efir
Rossiysko-tadjikskiye ucheniya na poligone Faxrabad

Tojikiston Oʻzbekiston bilan chegarada yirik harbiy mashgʻulot oʻtkazadi

© sputnik
Jamiyat
Havola olish
72801

14-17 avgust kunlari boʻlib oʻtadigan Tojikiston Mudofaa vazirligining Soʻgʻd garnizoni oʻquv mashgʻulotlariga 10ta jangovar aviatsiya, 200 bronetexnika va 70 artilleriya jalb etiladi

TOSHKENT, 12 avgust — Sputnik. Tojikiston Mudofaa vazirligi matbuot markazi rahbari polkovnik Faridun Maxmadalizoda Oʻzbekiston va Qirgʻiziston bilan chegara yaqinida Soʻgʻd garnizonining yirik miqyosdagi oʻquv mashgʻulotlari boʻlib oʻtishini maʼlum qildi.

"14-17 avgust kunlari Oʻzbekiston va Qirgʻiziston bilan chegara yaqinida Tojikiston Mudofaa vazirligi Soʻgʻd garnizonining yirik miqyosdagi oʻquv mashgʻulotlari boʻlib oʻtadi, mashgʻulotlarda shuningdek, butun Soʻgʻd viloyatidagi kuchtizimlari xodimlari va zaxiradagi harbiylar ham qatnashadi", — dedi u.

Uning aytishicha, mashgʻulotlar davomida hududiy mudofaani tashkil etish masalalari, milliy armiyaning zaxiradagi xizmatchilari malakasini oshirish hamda Soʻgʻd garnizoni va viloyat harbiy tuzilmalarining hududga bostirib kirgan terrorchilarga qarshi oʻzaro harakatlari ishlab chiqiladi, deb yozadi Sputnik Tojikiston.

Maxmadalizodaning maʼlum qilishicha, oʻquv mashgʻulotlariga 10ta jangovar aviatsiya, 200ta bronetexnika, 70ta artilleriya va 450ta harbiy avtomobil jalb etiladi. Harbiy mashgʻulotlarga Tojikiston mudofaa vaziri general-leytenant Sherali Mirzo boshchilik qiladi.

Asosiy mavzular