18:16 13 Dekabr 2017
Efir
Prosmotr rolika, v kotorom deputat ot partii Milliy tiklanish Dilfuza Jalilova podmigivayet

Deputat Dilfuza Jalilova haqida Feysbuk foydalanuvchilari: “Endi bir umr koʻz qisib yurmasaydi”

Sputnik
Jamiyat
Havola olish
3319110

“Bittasi chiqib koʻzini qisdi-yu, "Munosabat" ijtimoiy-siyosiy-yumoristik koʻrsatuv maqomini oldi!”, - deb fikr bildirgan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi Anvar Namozov.

TOSHKENT, 13 Avg — Sputnik. "Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan saylangan deputat Dilfuza Jalilovaning efir vaqtidagi "koʻz qisishi" tufayli Feysbuk foydalanuvchilari orasida muhokama hamon davom etmoqda, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

"Bittasi chiqib koʻzini qisdi-yu, "Munosabat" ijtimoiy-siyosiy-yumoristik koʻrsatuv maqomini oldi!", — deb fikr bildirgan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi Anvar Namozov.

Eslatib oʻtamiz, ilgariroq "Munosabat" koʻrsatuvidagi muloqot davomida Oʻzbekistondan oʻgʻirlab olib chiqib ketilgan Chashmai Ayyub maqbarasi boʻlagi borasida bahs yuzaga kelgan. Ushbu masala boʻyicha deputatlarga "Qani Buxoro viloyati kengashining roli, Qonunchilik palatasi deputatlarining qonun ijrosi boʻyicha nazorati qani?" deya savol berilgan.

Studiyadagilardan birining "Sizlarning rolingiz yoʻq" degan eʼtiroziga, Oliy Majlis deputati Dilfuza Jalilova "Bor, bor, bor rolimiz" deya javob qaytargan. Shu soʻzlardan soʻng u partiyadoshlari tomon yuzinib burib koʻz qisgan.

Ushbu holat tasvirlangan videolavha internet tarmogʻida tarqalib aksariyat foydalanuvchilar deputatning xatti-harakatidan soʻng uning soʻzlarini yolgʻonchilik deya baholadilar.

"Bechora, ozib yozib bir marta televideniyega chiqib Feysbuk yulduziga aylanib qoldilarku deputat xonim.. Uyat… Juda ham xunuk koʻrinar ekan, tilim lol", —deya fikr bildirgan Matluba Abduraimova.

"Mashhur boʻlish uchun bir marta koʻz qisish yetarkanu", degan yana bir foydalanuvchi.

Mitti Moychechak nikli foydalanuvchi esa endi deputat Jalilova bir umr koʻz qisib yurishga majbur boʻlmasaydi, deya havotir olgan.
"Endi bu deputat opamiz oʻzini oqlash uchun "meni koʻzim oʻzi shunaqa" deb butun umr koʻz qisib yurishga majbur boʻlmasaydi", — deb yozgan u.

Asosiy mavzular