12:13 22 Avgust 2017
Efir
Platan, chinara

Andijon viloyati hokimi chinorlar oxirgi vaqtda nega koʻp kesilayotganiga izoh berdi

© Flickr/ joan ggk
Jamiyat
Havola olish
117423

Hokimning aytishicha ikkita zararli daraxt bor, bittasi bu chinor, ikkinchisi esa yongʻoq daraxti. Har ikki daraxt havodan kislorodni olib, oʻzidan karbonad angidrid gazini chiqaradi

TOSHKENT, 14 avg – Sputnik. 12 avgust kuni Andijon viloyatida boʻlib oʻtgan Press-klubda Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov viloyatda oxirgi vaqtlarda nega daraxtlar koʻp kesilayapti degan savolga javob bergan.

Abdurahmonov odamlarning oʻrtacha umr yoshi 73-75 yoshni tashkil qilayotgani, yaʼni oʻrtacha umr koʻrish uzayayotgani masalasini Oʻzbekiston hukumati tomonidan chiqarilayotga qaror, farmonlarni hayotiyligi, ularning inson salomatligi uchun foydali ekanligi bilan bogʻlagan. Hokimning aytishicha ikkita zararli daraxt bor, bittasi bu chinor, ikkinchisi esa yongʻoq daraxti. Har ikki daraxt havodan kislorodni olib, oʻzidan karbonad angidrid gazini chiqaradi.

Hokim soʻzini davom ettirar ekan qolgan daraxtlar, archa, qaragʻay daraxtlari havodagi karbonad gazini olib, oʻzidan kislorod chiqarishini qoʻshimcha qilgan.

“Eskilarimizda bir gap bor, yongʻoqning tagida uxlab qolmagin, jin urib ketadi, deydi. Hech qanaqa jin yoʻq, agar organizmda ozgina yetishmovchilik boʻlsa, kasal odam boʻlsa xaligi chiqayotgan karbonad angidrid gazi hisobiga havo yetishmaslik holati boʻladi, kasal boʻladi. Boʻldi boshqa sababi yoʻq” deb qoʻshimcha qilgan Abdurahmonov.

Suhbat davomida shuningdek, yongʻoq daraxtining foydali tomonlari sanab oʻtilgan.

Misol uchun, yongʻoq yaprogʻi shirasi iliq holda quloqqa tomizilsa, yiringlashning oldi olinadi. Qobigʻining quyultirilgan shirasi tomoq ogʻrigʻini bosib, yoʻtalga malham boʻladi. Qovurilgani kindik ustiga qoʻyilsa, ichak ogʻriqlarini bosib, ich ketishini toʻxtatadi. Yongʻoq magʻzi, ayniqsa, juda foydali. Uning tarkibidagi temir, fosfor, mis, serotin moddalari, moy va oqsil taom hazmini yaxshilaydi, quvvatni oshirib, asab tizimi faoliyatini meʼyorlashtiradi.

Asosiy mavzular

  • Chevrolet Spark, arxiv surat

    "Ipoteka-bank" matbuot xizmati maʼlum qilishicha arzon uy-joylar uchun pul toʻlayotgan mijozlarga "Imkoniyat" nomli yutuqli omonat ham taklif qilingan edi. Yutuqli lotereyada 5 ming 535 nafar, xususan, Toshkent shahridan 2 ming 382 omonatchi ishtirok etdi

    2075
  • Paxta zavodi

    Qishloq xoʻjaligi vaziriga gʻoʻza yaproqlarini kimyoviy moddalar yordamida sifatli toʻkish ishlari oʻtkazilishi yuzasidan qatʼiy va doimiy nazorat olib borish, belgilangan muddatlar va meʼyorlarga rioya etishni taʼminlamayotgan mansabdor shaxslarga nisbatan qatʼiy javobgarlik choralarini koʻrish huquqi berildi

    356
  • Sibirdagi daraxtni qayta ishlovchi korxona

    Mazkur hujjat bilan www.regulation.gov.uz manzilida toʻliq tanishish hamda joriy yilning 31 avgustiga qadar oʻz fikr-mulohazalaringizni bildirishingiz mumkin

    267