Ruslanbek Davletov adliya vaziri etib tayinlandi

Obuna bo‘lish
Yangi adliya vaziri Ruslanbek Davletov oldin inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha prezident maslahatchisi lavozimida ishlab kelgan.

TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Ruslanbek Davletovni O‘zbekiston adliya vaziri lavzimiga tayinladi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-avgustdagi PF-5153-son farmoniga muvofiq Ruslanbek Quroltayevich Davletov O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri lavozimiga tayinlandi”, — deyilgan prezident qarorida.

Ruslanbek Davletov bundan oldin O‘zbekiston prezidentining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat maslaxatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev hukumat tarkibida yangi tayinlovlarni amalga oshirdi

Sobiq adliya vaziri Ikromov Muzraf Muborakxo‘jayevich O‘zbekiston Hisob palatasi raisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqida prezident qarori 14-avgust knui e’lon qilingan edi.

Ruslanbek Quroltayevich Davletov 1980 yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti bo‘yicha iqtisodchi va huquqshunos. 2001-yilda Buyuk Britaniyadagi Varvik universitetini yakunlagan. 2010-yilda Davlat va jamiyat boshqaruv akademiyasini yakunlagan.

Mehnat faoliyatini 2001-yilda Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasida boshlagan. 2004-1012 yillarda Vazirlar Mahkamasida xalqaro shartnomalarni ekspertiza qilish bo‘yicha bosh mutaxassis lavozimida ishlab kelgan. 2012-2014 yillarda Oliy sudda, 2014-2016 yillarda – Oliy Majlisda ishlagan.

Yangiliklar lentasi
0