O‘zbekiston va Qozog‘iston ilk bor harbiy hamkorlik rejasini imzolashdi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Qozog‘iston Mudofaa vazirliklari ikki mamlakat tarixida birinchi bor harbiy hamkorlik rejasini imzolashdi.

TOShKENT, 20 avg — Sputnik. Ushbu hujjat Qozog‘iston mudofaa vaziri Saken Jasuzakovning O‘zbekiston Mudofaa vaziri Qobul Berdiyev bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida imzolandi, deb xabar qilmoqda Sputnik Kazaxstan.

Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tomonlar hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini hamda hudud xavfsizligiga tahdid solishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarda tezkor harakat qilish borasida o‘zaro amaliy hamkorlik masalaarini muhokama qilishdi.

Ikki tomonlama uchrashuv yakunida vazirlar harbiy hamkorlik rejasini imzolashdi. Unda qo‘shnlarni tezkor va jangovor harakatlarga birgalikda tayyorlash hamda harbiy ta’lim borasidagi tadbirlar kiritilgan.

Shuni ta’kidlash kerak-ki, bu O‘zbekiston va Qozog‘iston harbiy muassasalari tarixida hamkorlik borasida imzolangan birinchi hujjat bo‘ldi.  

Tashrif davomida Qozog‘iston mudofaa vaziri O‘zbekiston prezidenti tomonidan qabul qilindi. Shavkat Mirziyoyev ikki mamlakat harbiy muasasalari orasida o‘zaro munosabatlar rivojlanayotganidan mamnunligini bildirdi va hudud xavfsizligi yo‘lida hamkorlikni rivojlantirish kerakligini ta’kidladi.

Yangiliklar lentasi
0