Islom Karimov maqbarasi qurilishi yakuniga yetmoqda

© Nuz.uzStroitelstvo mavzoleya Islama Karimova
Stroitelstvo mavzoleya Islama Karimova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni damda qurilish ishlari to‘xtovsiz ravishda uch smenada olib borilmoqda.

TOShKENT, 20 avg — Sputnik. Samarqandda O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimov mavzoleyi qurilishi yakuniga yetmoqda. Ayni damda tashqi pardoz ishlari oxiriga yetib qolgan, faqat gumbaz qismidda hali biroz ishlar bor, deb xabar qilmoqda Nuz.uz nashri.

Samarqand viloyat hokimi o‘rinbosari Halima Ochilova aytishiga ko‘ra, mavzoleyning ichki pardoz ishlarida hindistonlik ustalar ishlashmoqda, ular Hindistondan olib kelingan qimmatbaho toshlarni o‘rnatmoqda.

Qolgan barcha ishlar mahalliy ustalar tomonidan amalga oshirilmoqda. Samarqandning “Usto” birlashmasi direktori, “El-yurt hurmati” ordeni kavaleri Jo‘raqul Inoyatov aytishiga qaraganda, yog‘och o‘ymakorlik ishlari O‘zbekiston Xalq ustasi Nasrulla Sohibnazarov va Mirjalol Asadovlar o‘z shogirdlari bilan birgalikda hamda qo‘qonlik Usto Muhammadaaminlar bajarishmoqda.

Islom Karimovning qabri ustida barpo etiladigan yodgorlik majmuasi suratlari - Sputnik O‘zbekiston
Lola Karimova otasi dafn etilgan maskanda quriladigan maqbara suratlari bilan bo‘lishdi

Ganchkorlik ishlarini esa – O‘zbekiston Xalq ustasi Mansur Murodov va Amriddin Najmiyevlar bajarishmoqda. Toshkent xalq amaliy san’ati eksperimental kombinatida ishlab chiqarilgan mayolika va mozaika naqshlarini o‘rnatish Rahmon Tohirov boshchiligidagi brigadaga topshirilgan.

Devorlarni bezash ishlari bilan O‘zbekiston Xalq ustasi Abdug‘ani Karimov boshchiligidagi 68 kishidan iborat ustalar jamoasi bajarmoqda.

Mavzoley atrofida ham ish qizg‘in – Hazrat Hizr masjidni qayta ta’mirlanmoqda, yangi ayvon qurilmoqda. Shohi Zinda va Hazrati Hizr qabristonlari devorlari ham yangicha ko‘rinishga kirmoqda. Qurilish ishlari rejasiga yangi tahoratxona ham kiritilgan.

Quruvchilar maqbarani, Samarqandda 25-30 avgust kunlari bo‘lib o‘tdigan, “Sharq Taronalari” festivali boshlanishiga qadar yakunlashni rejalashtirishgan.

Yangiliklar lentasi
0