20:07 23 Noyabr 2017
Efir
Generalnaya prokuratura RF

Oʻzbekiston Rossiyaga Gulnora Karimova ishi boʻyicha soʻrovnoma yubordi

© Sputnik/ Aleksey Kudenko
Jamiyat
Havola olish
Gulnora Karimova ishi (15)
108810

Rossiya Bosh prokuraturasi Oʻzbekistondan Gulnora Karimovaga tegishli koʻchmas mulkka doir soʻrovnoma olganini xabar qildi.

TOSHKENT, 24 avg — Sputnik. Rossiya Bosh prokuraturasi Oʻzbekiston prokuraturasidan Gulnora Karimovaga tegishli boʻlgan koʻchmas mulkni hibsga olish haqida soʻrovnoma oldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

“Rossiya Bosh prokuraturasiga Oʻzbekiston Respublikasidan Gulnora Karimova jinoiy ishi boʻyicha huquqiy yordam koʻrsatish haqida soʻrovnoma keldi. Undakoʻchmas mulk obʼyektlarini hibsga olish soʻralgan. Ayni  damda soʻrovnoma koʻrib chiqilmoqda. Soʻrovnomada koʻrsatilgan maʼlumotlar maxfiy”, — deyilgan Rossiya Bosh prokuraturasi xabarida.

Eslatib oʻtamiz, Gulnora Karimova katta miqdorda davlat va boshqa shaxslar mulkini oʻzlashtirganlikda ayblanmoqda. Oʻzbekiston prokuraturasi xodimlari Buyuk Britaniya, Shveytsariya, Frantsiya, Rossiya, Latviya va Gonkongda Karimovaga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk borligini aniqlagan. Undan tashqari chet el banklarida saqlanayotgan bir necha million yevro mablagʻ ham aniqlangan.

Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi yuqoridagi mamlakatlarga aniqlangan mulkni Oʻzbekiston davlati foydasiga musodara qilish haqida soʻrovlar yuborgan.

Mavzu:
Gulnora Karimova ishi (15)

Asosiy mavzular