O‘zbekistonda superkompyuter paydo bo‘lishi mumkin

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Mediabankka o‘tishIT-sistema
IT-sistema - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev IHTda so‘zlagan nutqida barcha musulmon mamlakatlarini zamonaviy texnologiyalarni kiritishni jadallashtirishga chaqirdi.

TOShKENT, 11 sen — Sputnik. O‘zbekistonda yaqin yillar ichida superkompyuter paydo bo‘lishi mumkin, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Bu haqida Shavkat Mirziyoyevning IHTda so‘zlagan nutqidan ma’lum bo‘ldi.U yerda O‘zbekiston prezidenti barcha musulmon mamlakatlarini zamonaviy texnologiyalarni kiritishni jadallashtirishga chaqirdi.

"IHTning Doimiy qo‘mitasining a’zo mamlakatlar hududida oltita yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan kompyuter markazlari tashkil qilish haqidagi tavsiyanomasiga javoban, ana shunday markazlardan birini O‘zbekiston hududida joylashtirishga tayyor ekanligimizni tasdiqlayman. Biz shuningek, yosh olimlar tajriba va bilim almashishi uchun islom yosh olimlarining xalqaro markazini tashkil qilishga ham tayyormiz", — dedi davlat rahbari. 

Undan tashqari O‘zbekiston prezidenti islom mamlakatlari bugungi kunda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llashda, fan va texnika rivojlanishida yetakchi mamlakatlardan orqada qolganini ta’kidladi.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Islom hamkorligi tashkilotiga, buyuk o‘zbek olimi Mirzo Ulug‘bek xizmatlarini tan olish belgisi sifatidia, Samarqandda eng zavmonaviy teleskop o‘rnatish haqidagi qarori uchun minnatdorlik bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0