04:45 24 Sentyabr 2017
Efir
Gavxar Sagdullayeva

Tanishing, prezident jamoasining yangi aʼzosi

© Foto: Iz lichnogo arxiva Gavxar Sagdullayevoy
Jamiyat
Havola olish
245622

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti bitiruvchisi Gavhar Sagdullayeva Xalq taʼlimi vazirligidagi yangi - Oʻquvchi-yoshlar bilan ishlash boshqarmasi bosh nazoratchisi etib tayinlandi

TOSHKENT, 12 sen — Sputnik. Oʻzbekiston prezidentining jamoasida yangi aʼzo paydo boʻldi, deb yozdi mamlakat tarixida xalq taʼlimi vazirining eng yosh oʻrinbosari boʻlgan Alisher Saʼdullayev oʻzining Facebookdagi sahifasida.

Uning yozishicha, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti bitiruvchisi Gavhar Sagdullayeva Xalq taʼlimi vazirligidagi yangi — Oʻquvchi-yoshlar bilan ishlash boshqarmasi bosh nazoratchisi etib tayinlandi.

"Ajoyib yangilik! Prezident jamoasining ilk aʼzolari! Agar yodingizda boʻlsa, vazirligimizda yangi — Oʻquvchi-yoshlar bilan ishlash boshqarmasi ochilayotgani haqida xabar bergan edik. Xalq taʼlimi vaziri oʻrinbosari boʻlgan kunimdan boshlab yangicha fikrlaydigan, davlatimizdagi islohotlarga oʻz hissasini qoʻsha oladigan yoshlar jamoasini yigʻishni oldimga eng ustuvor maqsad qilib qoʻygandim. Ana shu yangi boshqarmaning xodimlari va prezident jamoasining ilk aʼzolari bilan sizni tanishtirib oʻtmoqchiman", — deb yozadi Saʼdullayev.

Gavhar Sagdullayeva — respublikada qizlar yoʻnalishidagi eng ommabop Girls development club Tashkent — GDC (Barkamol qizlar klubi) loyihasi, Upgrade Women's Center loyihasi asoschisi, "Kelajak ovozi-2012" Respublika tanlovi laureati, Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzodlar koʻrik-tanlovining Respublika bosqichi ishtirokchisi, Mening Yurtim — MY5 telekanali sobiq jurnalisti.

Saʼdullayev bugungi kunda eng asosiy vazifalardan biri oʻquvchi-qizlarni taʼlim sohasida loyihalar, fanga oid izlanishlar olib borishga yoʻnaltirish, adabiyot, sanʼat, madaniyat sohalaridagi ilgʻorligini, ijtimoiy faolligini oshirish deb biladi.

Uning yozishicha, aynan shuning uchun Xalq taʼlimi vazirligida bunga oid bir nechta loyihalar ishlab chiqilgan boʻlib, ulardan eng asosiysi "Barkamol qizlar klubi" loyihasini Respublika maktablariga targʻib qilishdir. Bu sohani takomillashtirish Gavhar Sagdullayevaning vazifasiga kiradi.

Asosiy mavzular