08:48 23 Noyabr 2017
Efir
AQSH dollari

MXX Oʻzbekistonni noqonuniy valyutafurushlardan tozalayapti

© Sputnik/ Mixail Kutuzov
Jamiyat
Havola olish
473760

20 ming AQSH dollarini 8250 soʻmdan pullayotgan valyutafurushlar voqea joyida MXX tomonidan qoʻlga olindi

TOSHKENT, 12 sen — Sputnik. Oʻzbekiston prokuraturasi huzuridagi departament va Milliy Xavfsizlik xizmati organlari tomonidan koʻrilayotgan tezkor chora-tadbirlar natijasida 20 ming AQSH dollarini fuqaroga 8250 soʻmdan pullayotgan ikki noqonuniy valyutafurushlar qoʻlga olindi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezidentining "Valyuta siyosatini liberallashtirish toʻgʻrisida"gi farmonida huquq-tartibot organlari zimmasiga respublika hududida naqd xorijiy valyutaning noqonunniy aylanmasi va ular bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshirilishini oldini olish vazifasi yuklatilgan. Ammo, prezident farmoniga qaramay, ayrim shaxslar moʻmay daromad orttirish ilinjida noqonuniy valyuta oldi-sotdisidan voz kechmoqchi emasligini namoyish qilmoqda.

Xususan, fuqarolar Sardor Gʻaniyev va Eldor Sharipov noqonuniy daromad olish maqsadida chet el valyutasini ayriboshlashni koʻzlab, fuqaro Babayevaga valyuta mablagʻlarini oʻtkazishni taklif qiladi. Ular har bir AQSH dollarini 8.250 soʻmdan hisoblab, jami 20.000 AQSH dollarini 165,0 mln. soʻmga qonunga xilof ravishda sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanadi.

Ana shunday qonunbuzarlarning noqonuniy faoliyatiga Oʻzbekiston prokuraturasi huzuridagi departemant va Milliy Xavfsizlik xizmati organlari tomonidan koʻrilayotgan tezkor chora-tadbirlar natijasida oʻz vaqtida chek qoʻyildi.

Huquqbuzarlardan valyutalar ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyilgan.

Fuqaro Gʻaniyevning boshqaruvida boʻlgan "Lasetti" rusumli avtomashina koʻzdan kechirilganda, noqonuniy muomalaga kiritish uchun moʻljallangan 6160 AQSH dollari borligi aniqlangan. Ushbu pul mablagʻlari ham ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyilgan.

Asosiy mavzular