07:03 23 Noyabr 2017
Efir
Akademik Leo Bokeriya

Leo Bokeriya Islom Karimov vafoti haqida: Toshkentga kelganimda hech narsani iloji qolmagandi

Press-slujba Minzdrava Uzbekistana
Jamiyat
Havola olish
133101

Oʻtgan yili menga kutilmaganda qoʻngʻiroq qilib, Islom Karimov bilan yuz bergan holat haqida xabar berishdi. Bu musaffo osmon uzra gumburlagan momaqaldiroqdek edi. Toshkentga uchib kelganimda hech narsaning iloji qolmagandi, - deydi Bokeriya

TOSHKENT, 13 sen — Sputnik. Oʻzbekistonning Birinchi prezidenti vafot etganiga bir yil boʻldi. Bakulev nomli yurak-qon tomir jarrohligi ilmiy markazi direktori, Rossiya tibbiyot fanlari akademiyasi akademigi Leo Bokeriya Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov haqidagi xotiralari bilan oʻrtoqlashdi, deb yozadi "Jahon" AA.

"Men bu buyuk inson bilan tanishish baxtiga muyassar boʻlganman. 2004 yilda Prezidentning shaxsiy mehmoni sifatida qabul qilingandim. U bilan uchrashuv doʻstona muhitda oʻtgan. Islom Karimov koʻplab masalalar, jumladan, respublika oldida turgan vazifalar va rivojlanish istiqbollari haqida gapirgandi.

Bizning keyingi uchrashuvimiz Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan Toshkentda perinatal davrda oʻlimning oldini olishga bagʻishlangan forum oʻtkazilganida boʻlib oʻtdi. Oʻzbekistonning doʻstlari baxtiga, mamlakatdagi vaziyat sobiq Sovet Ittifoqining koʻpgina respublikalariga qaraganda ancha yaxshiroq ekani maʼlum boʻlgandi.

Oʻtgan yili menga kutilmaganda qoʻngʻiroq qilib, Islom Karimov bilan yuz bergan holat haqida xabar berishdi. Bu musaffo osmon uzra gumburlagan momaqaldiroqdek edi. Toshkentga uchib kelganimda hech narsaning iloji qolmagandi, vaziyat aslida boshidan shunday boʻlgan boʻlsa kerak. Bu kutilmaganda yuz bergan dard va uning qanday yakunlanishi maʼlum edi.

Oʻzbekistonning Birinchi Prezidentining bevaqt oʻlimi — barcha uchun katta baxtsizlik. U kabi noyob shaxslar qaysi vaqtda yashashmasin, oʻzlaridan soʻng juda chuqur iz qoldiradilar".

Asosiy mavzular