07:03 23 Noyabr 2017
Efir
Britanskiy flag na fone Big-Bena v Londone

Britaniyaning Lester universiteti Toshkentda oliy maktabini ochadi

© AFP / Fabrice Coffrini
Jamiyat
Havola olish
340 0 0

Oʻzbekistonga Lester universitetining prorektori Sara Dikson boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi

TOSHKENT, 13 sen — Sputnik. Tashqi ishlar vazirligida Lester universitetining prorektori Sara Dikson boshchiligidagi delegatsiya qabul qilindi. Bu haqda TIV Axborot xizmati xabar berdi.

Vazirlikda Buyuk Britaniyaning yetakchi universitetlaridan biri hisoblangan Lester universitetining Oʻzbekiston taʼlim muassasalari bilan Oʻzbekiston-Buyuk Britaniya munosabatlarini mustahkamlash doirasida hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlari yuzasidan batafsil suhbat boʻlib oʻtdi.

Sara Dikson 2017 yil 3 may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bilan imzolangan JIDU qoshida Lester Xalqaro tadqiqotlar oliy maktabini yaratish haqidagi hamkorlik Memorandumi haqida soʻzlab berdi. Ushbu xujjatda turli sohalarda birgalikda ilmiy tadqiqotlar olib borish koʻzda tutilgan.

Uchrashuv chogʻida ikki mamlakat oliy oʻquv yurtlari oʻrtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirishda, jumladan, Lester universiteti bilan Oʻzbekistonning boshqa universitetlari oʻrtasida aloqalarni kengaytirishga tomonlarda qiziqish mavjudligi tasdiqlandi.

Asosiy mavzular