07:03 23 Noyabr 2017
Efir
Start prodaj iPhone 7 i iPhone 7 Plus

Kecha yangi iPhone 8, iPhone 8 Plus va iPhone X taqdimoti boʻlib oʻtdi

© Sputnik/ Ramil Sitdikov
Jamiyat
Havola olish
47441

Kuni kecha Apple Park dagi Steve Jobs Theater zalida iPhone 8, iPhone 8 Plus i iPhone X taqdimoti boʻlib oʻtdi

TOSHKENT, 13 sen — Sputnik. Taqdimotda yangi smartfon Apple iPhone Xning odam yuzi boʻyicha aniqlash funktsiyasi ishlamay qoldi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Kompaniya vitse-prezidenti Kreyg Federini smartfonning yangi Face ID funktsiyasi ishini namoyish qilmoqchi boʻldi. Lekin smartfon uni tanimadi va blokirovkadan yechish uchun parol terishni talab qildi.

"Yana bir bor harakat qilib koʻramiz…. oho-oho… qoʻshimcha telefonga oʻtamiz", — deb Federini stolda turgan boshqa apparatni qoʻlga oldi va bir urinishda uni blokdan chiqardi.

Rossiyaga iPhone 8 va 8 Plus 22 sentyabrda kelishi rejalashtirilgan. Oldindan buyurtmalar 15 sentyabrda qabul qilinadi. iPhone 8 64 gigabaytli 56 990 rubl (Rossiya MB kursi — 995 $) va iPhone X boshlangʻich narxi 79 990 rubl (Rossiya MB kursi — 1397 $)ni tashkil qiladi.

Yangi smartfonlar 3 noyabrdan sotuvga chiqadi.

Asosiy mavzular