04:47 24 Sentyabr 2017
Efir
Molotok sudi v rayonnom sude

Jinoyat quroli sifatida foydalanilgan mulkni musodara qilish taqiqlanishi mumkin

© Sputnik/ Maksim Bogodvid
Jamiyat
Havola olish
46810

Bugungi kunda Jinoyat protsessual kodeksining 211-moddasiga asosan jinoyat qurollari kimga tegishliligidan qatʼi nazar, musodara qilinadi va tegishli muassasalarga topshiriladi yoki yoʻq qilinadi

TOSHKENT, 13 sen — Sputnik. Oʻzbekiston Adliya vazirligi tomonidan jinoyat sodir qilishda ishtirok etmagan shaxsning jinoyat quroli sifatida foydalanilgan mulkini musodara qilishni taqiqlashga qaratilgan qonun loyihasi ishlab chiqildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Loyihaga asosan endilikda faqatgina sodir etilgan jinoyat ishtirokchisi boʻlgan shaxsga tegishli jinoyat qurollarini musodara qilish lozim boʻladi.

Loyihaga koʻra maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsning xususiy mulki boʻlmagan mulkni musodara qilish ham taqiqlanmoqda.

Bugungi kunda Jinoyat protsessual kodeksining 211-moddasiga asosan jinoyat qurollari, kimga tegishliligidan qatʼi nazar, musodara qilinadi va tegishli muassasalarga topshiriladi yoki yoʻq qilinadi.

Ushbu qoidadan kelib chiqib, mulkdorlar jinoyat sodir etishda qatnashmagan, ishtirokchi, gumonlanuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki mahkum boʻlmaganligidan qatʼi nazar, ularning mulki boʻlgan jinoyat qurollari musodara qilinadi.

Shu sababli hozirgi kunda amaliyotda mol-mulk egalarining sodir qilingan jinoyatga daxli boʻlmaganligi, mulk ijaraga berilganligi yoki tashkilotning xizmatda foydalanish lozim boʻlgan mulkidan jinoyat sodir qilishda foydalanilganligi kabi holatlar inobatga olinmasdan, mulkdorlar mulk huquqidan mahrum etilmoqda.

Shu munosabat bilan loyiha xususiy mulk kafolatlarini taʼminlashga hamda mulk huquqini himoya qilishni kuchaytirishga, xususan jinoyat ishtirokchisi boʻlmagan shaxslarning jinoyat sodir etishda foydalanilgan mol-mulkini musodara qilishning oldini olishga xizmat qiladi.

Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan mazkur loyiha Hukumatda maʼqullanib, hozirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida koʻrib chiqilmoqda.

Asosiy mavzular