04:47 24 Sentyabr 2017
Efir
Vыstavka Smotrite, eto — NANO!

"ICTWEEK UZBEKISTAN" haftaligida yuzlab ishlanma va texnologiyalar namoyish etiladi

© Sputnik/ Mixail Fomichev
Jamiyat
Havola olish
18010

Haftalikda Oʻzbekiston va xorij olimlari tomonidan yaratilgan yuzlab ishlanma va texnologiyalar namoyish etiladi

TOSHKENT, 13 sen — Sputnik. 18-22-sentyabr kunlari boʻlib oʻtadigan "ICTWEEK UZBEKISTAN — 2017" axborot kommunikatsiya texnologiyalari haftaligida Oʻzbekiston va xorij olimlari tomonidan yaratilgan yuzlab ishlanma va texnologiyalar namoyish etiladi. Bu haqda "Jahon" AA xabar bermoqda.

AKT haftaligini "ICTSUMMIT — 2017" axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sammiti ochib beradi. Sammit 19 sentyabr kuni "Oʻzekspomarkaz" anjumanlar zalida oʻtkaziladi. Sammit ishtirokchilari Oʻzbekistonda AKT holati va AKTning rivojlanish istiqbollari, davlat boshqaruviga informatsion texnologiyalarni joriy qilishdagi yutuq va kamchiliklar, "Elektron hukumat" tizimi va unga kirish infratuzilmasi taraqqiyoti, shuningdek, mamlakatda elektron tijoratni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qiladilar.

19-21-sentyabr kunlari Toshkent shahrida "ICTExpo — 2017" axborot-kommunikatsiya texnologiyalari milliy koʻrgazmasi oʻtkaziladi. Unda 100 dan ortiq kompaniya, 35 ming ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda.

"ICT FORUM — 2017" haftaligi doirasida axborot texnologiyalari va kommunikatsiya sohasini yanada taraqqiy ettirishning zamonaviy tendentsiyalari muhokama qilinishi koʻzda tutilgan. Forumga xorijdan mazkur sohada boy tajriba toʻplagan ekspert va mutaxassislar taklif etilgan. Shuningdek, forum dasturidan nafaqat yosh avlod, balki katta avlod vakillari orasida ham AKTni keng tatbiq etishga qaratilgan turli interaktiv tadbirlar oʻrin olgan.

AKT haftaligi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi, Vazirlar Mahkamasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamkorligida tashkil etilmoqda.

Maʼlumot uchun, "ICTWEEK UZBEKISTAN" AKT haftaligi 2004 yildan buyon har yili sentyabr oyi oxirida oʻtkazib kelinadi.

Asosiy mavzular