04:47 24 Sentyabr 2017
Efir
Prezidentы Uzbekistana i Kazaxstana - Shavkat Mirziyoyev i Nursultan Nazarbayev

Nazarboyev 16 sentyabrda Oʻzbekistonga davlat tashrifi bilan keladi

© Ofitsialnыy sayt prezidenta Respubliki Kazaxstan
Jamiyat
Havola olish
340 0 0

Nursulton Nazarboyev Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan ikkitomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish yuzasidan muzokara olib borishi kutilmoqda

TOSHKENT, 13 sen — Sputnik. Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev 16 sentyabr kuni Oʻzbekistonga davlat tashrifi bilan keladi. Bu haqda Qozogʻiston prezidentining rasmiy saytida xabar berilmoqda.

Xabarda aytilishicha, Nursulton Nazarboyev Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan ikkitomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish yuzasidan muzokara olib borishi kutilmoqda.

Shuningdek, tashrif doirasida Nazarboyevning Oʻzbekiston-Qozogʻiston biznes forumida ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Shavkat Mirziyoyev 10 sentyabr kuni Nursulton Nazarboyevning taklifiga binoan Ostona shahrida Islom hamkorlik tashkilotining Fan va texnologiyalar boʻyicha birinchi sammitida ishtirok etgandi.

Asosiy mavzular