07:03 23 Noyabr 2017
Efir
Svalki ustroili otdыxayuщiye pryamo na vershine dvux xolmov

Chorvoq atrofi axlatxonaga aylanib bormoqda

© Facebook / Vera Grigoryeva
Jamiyat
Havola olish
27103

Oʻzbekistonliklar tabiatni muhofaza qilish haqidagi qonunlarni qayta koʻrib chiqish va xususiy turfirmalar ustidan nazoratni kuchaytirishni talab qilishmoqda.

TOSHKENT, 13 sen — Sputnik. Facebook sahifalarida paydo boʻlgan ushbu mavzuga koʻplab foydalanuvchilar befarq qolishmadi, birovlar oʻz izohini qoldirgan boʻlsa, boshqalar muammoni qanday hal qilish yoʻllarini taklif qila boshlashdi.

Mavzu dastlab Vera Grigoryeva ismli foydalanuvchi tomonidan koʻtarilgan edi. Uning aytishiga qaraganda Chorvoq suv omoborining uzoq qirgʻogʻida joylashgan ikki tepalik orasidagi boʻsh yerda yaqinda paydo boʻlgan noqonuniy axlatxona 300 metrga yoyilib ketgani xabar qilingan. Shamol har kuni ushbu axlatni yanada kengroq masofaga yoyib yuborayotgani va axlatxona ichida sigirlar bemalol oʻtlab yurgani xabar qilingan.

Grigoryeva aytishiga qaraganda, ushbu axlat mahalliy aholi tomonidan tashlanmagan, chunki uning ichida qimmatbaho ichimliklardan qolgan idishlar, qurilish axlatlari va soʻyilgan qoʻylarning teri va suyaklari koʻpligi koʻrinib turibdi.

Undan tashqari, xabarada Chorvoqda bu yagona axlatxona emas, u tomonga boradigan yoʻllarning ikki tomoni ham axlat solingan paketlarga toʻlib ketgani ham aytib oʻtilgan.

1 / 8
Nesanktsionirovannыe svalki na beregax Charvakskogo vodoxraniliщa

Asosiy mavzular