04:46 24 Sentyabr 2017
Efir
Na rыnkax Tashkenta zarabotali bankomatы dlya vыdachi nalichnыx

Xalq banki bankomatdan naqd pul yechishda komissiya toʻlovini joriy etdi

© uz24.uz
Jamiyat
Havola olish
258843

Joriy yil 14 avgustdan boshlab Toshkentning Oloy, Yunusobod va Qoʻyliq bozorlarida naqd pul yechib olish mumkin boʻlgan bankomatlar ishga tushirildi

TOSHKENT, 13 sen — Sputnik. Xalq banki bankomatlari orqali berilgan naqd pul summasidan 1 foiz bank xizmati olinadi. Bu haqda Toshkent shahar filiali Xaql banki xodimi Sputnik muxbiri bilan suhbatda maʼlum qildi.

14 avgustdan boshlab Toshkentning Oloy, Yunusobod va Qoʻyliq bozorlarida naqd pul yechib olish mumkin boʻlgan bankomatlar ishga tushirildi. Har bir bozorda bittadan bankomat oʻrnatilgan edi.

Joriy yil 16 avgust kuni Xalq banki matbuot xizmati tomonidan bank saytidagi xabardan koʻchirma keltiramiz:

"Oʻzbekiston Respublikasi aktsiyadorlik tijorat Xalq banki tomonidan poytaxtimizdagi 3 ta dehqon bozorlari hududida naqd pul olish imkoniyatini beruvchi bankomatlar joylashtirildi.<…> Bir kunda bitta plastik kartadan jami 100 ming soʻmgacha boʻlgan naqd pul yechib olishi imkoniyatiga ega. Bankomatga 1 000, 5 000 va 10 000 soʻmlik kupyuralar joylashtirilgan. Plastik kartadan naqd pul yechib olish jarayoni uchun foydalanuvchi 1,5-2 daqiqa sarflaydi, xolos. Eʼtiborlisi, naqd pul yechib olinayotganda plastik karta egasidan hech qanday komissiya toʻlovi undirilmaydi", — deb yozilgan xabarda.

Shu kunlarda internetda "Xalq banki boshqaruvining 2017 yil 4 sentyabrdan qaroriga asosan Xalq banki bankomatlari orqali berilgan naqd pul summasidan 1 foiz bank xizmati olinadi" degan yozuv yozilgan surat keng muhokama qilinmoqda.

Ushbu holatga oydinlik kiritish maqsadida Sputnik muxbiri Xalq banki Toshkent shahar filialiga qoʻngʻiroq qildi.

Toshkent shahar filiali Xalq banki plastik boʻlimi xodimi 1 foiz komissiya toʻlovi joriy etilishi holatiga quyidagicha izoh berdi:

"Xalq bankining tarifiga asosan bank tomonidan bankomatdan plastik kartadan naqd pul yechilganda umumiy summadan 1 foiz komissiya toʻlovi joriy etildi. Xalq banki xizmat koʻrsatgani uchun yechilgan summadan 1 foiz komission haq olamiz, misol uchun 50 ming yechsangiz 500 soʻm komission toʻlov olib qolinadi. Bankning xarajatlari bor: elektr, inkassatsiya xarajatlari. Bankomatlar bir kunda 2-3 marta pul bilan uzluksiz taʼminlanmoqda. Inkassatsiya xizmati pulni olib borib bankomatga qoʻymoqda, benzin yoqilgʻi sarflanmoqda. Shuningdek, bankomatlar tinimsiz ishlashi uchun elektr toki ketmoqda. Shu bilan birga, bankomatlar eskirishi yoki buzilishi mumkin. Komissiyani belgilashda bu xarajatlar hisobga olindi", — deb taʼkidladi Xalq banki xodimi.

Shu bilan birga, bank xodimi sinov tariqasida qoʻyilgan bankomatlar yaxshi ishlab ketganligi, shuningdek yana qoʻshimcha bankomatlar tez orada oʻrnatilishini maʼlum qildi.

Asosiy mavzular