04:44 24 Sentyabr 2017
Efir
Internet-messedjer  Telegram

Oʻzbekistonda Telegram ishlamay qoldi - bugun aloqa tiklandi

© Flickr/ Ervins Strauhmanis
Jamiyat
Havola olish
40630

Keyinroq kompaniya rahbariyati oʻzining Twitter-akkauntida Telegram dunyoning katta qismida ish faoliyatini tiklaganligini maʼlum qildi

TOSHKENT, 14 sen — Sputnik. Kuni kecha Oʻzbekistonda Telegram messenjeri ishlamay qoldi. Bu haqda dastur foydalanuvchilari ijtimoiy tarmoqlarda koʻplab  xabarlar yozishgan.

Oʻzbekistonda Telegram foydalanuvchilari joʻnatilgan xabarlar "osilib" qolayotganligidan shikoyat qildilar. Xabarlarni joʻnatish paytda "kutib turing" belgisi paydo boʻldi. Bundan tashqari yuborilgan xabarlarning tarixi yuklanmay qolish holatlari ham kuzatildi.

Internet tarmogʻida eng ommabop yuklamalar ish faoliyatini tahlil qiluvchi Downdetector sayti maʼlumotlariga koʻra, Telegram chorshanba kuni Rossiya, Shvetsiya, Ukraina, Avstriya, Germaniya, Iroq, Ozarbayjon, Finlyandiyada ishlamay qolgan.

Keyinroq kompaniya rahbariyati oʻzining Twitter-akkauntida Telegram dunyoning katta qismida ish faoliyatini tiklaganligini maʼlum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

"Biz, nihoyat, ishlab ketdik! Germaniya va MDH, bizni kechiring, aynan sizlarga koʻproq tashvish keltirdik. Bizga jahonning boshqa qismi bilan aloqa tiklash uchun yana bir necha daqiqa ajrating", deb yozgan kompaniya oʻzining Twitter-akkauntida.

Asosiy mavzular