04:45 24 Sentyabr 2017
Efir
Lola Karimova-Tillyayeva predstavila EKO ART proyekt v istoricheskom tsentre Parija

Lola Karimova-Tillayeva Parij markazida EKO ART loyihasini namoyish etdi

© Facebook / Lola Karimova-Tillyaeva
Jamiyat
Havola olish
26010

Rassom Markos Lyutyens bilan hamkorlikda yaratilgan mazkur art-obʼyekt tomchi koʻrinishidagi metall konstruktsiyasidan iborat. Installyatsiyaning interaktivligi shundaki, unda suvning tovushi, ifori va taftini his etish mumkin

TOSHKENT, 14 sen — Sputnik. Lola Karimova-Tillayeva Parijning tarixiy markazidagi Monnaie de Paris muzeyida boʻlib oʻtayotgan AD INTERIEURS 2017 koʻrgazmasi doirasida "Droplet" (Tomchi) nomli EKO ART loyihasini namoyish etdi. U bu haqda oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida maʼlum qildi.

Loyiha suv resurslarini asrash hamda iqlim oʻzgarishining halokatli oqibatlaridan jamoatchilikni xabardor qilishga bagʻishlangan.

Rassom Markos Lyutyens bilan hamkorlikda yaratilgan mazkur art-obʼyekt tomchi koʻrinishidagi metall konstruktsiyasidan iborat. Installyatsiyaning interaktivligi shundaki, unda suvning tovushi, ifori va taftini his etish mumkin. Shuningdek, unda global isishning taʼsiri haqida maʼlumot beriladi.

"Jamoatchilikni global isish va iqlim oʻzgarishi masalalaridan xabardor qilish maqsadida sanʼat kuchidan foydalanishga ahd qildik. Binobarin, sanʼat insonlarga ilhom baxsh etib, ularni muayyan maqsad atrofida birlashtira oladi.

"Droplet" loyihasini taqdim etar ekanmiz, suv resurslarining yetishmovchiligi va ularni asrash borasidagi dunyo hamjamiyatining xavotiriga sherikligimizni bildiramiz", deb yozadi Lola Karimova-Tillayeva.

Lola Karimova-Tillyayeva predstavila EKO ART proyekt v istoricheskom tsentre Parija
Lola Karimova-Tillayeva Parij markazida "Tomchi" loyihasini namoyish etdi

Uning yozishicha, iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq boʻlgan tabiiy ofatlarni bugungi kunda butun dunyo boʻylab kuzatish mumkin. Lola Karimova-Tillayeva vaziyatni yaxshilash yoʻllari mavjudligini bildiradi.

"Masalan, kundalik hayot tarzimizda tabiatni asrashga katta ahamiyat berish, koʻlu daryolarni tozalash, daraxt ekish ishlarida ishtirok etish hamda atrof-muhitni asrash masalalari haqida jamoatchilik xabardorligini oshirish.

Avvalambor, ayanchli oqibatlar muqarrarligini anglab, masʼuliyatni teran his etishimiz zarur.

Texnogen jarayon hayotimizda turli qulayliklar yaratishi bilan birga insonlarda tabiatdan butunlay uzilish va unga befarq boʻlish uchun moyillik yaratadi. Bu esa barchamiz uchun fojia bilan tugashi mumkin", deb yozadi u.

Maʼlumot berilishicha, koʻrgazma Monnaie de Paris muzeyida 20 sentyabrgacha boʻlib oʻtadi.

Asosiy mavzular