07:04 23 Noyabr 2017
Efir
Novыy dvigatel dlya Il-114-300

Il-114-300 samolyoti uchun yangi dvigatel sinovdan oʻtdi

© Dmitriy Rogozin
Jamiyat
Havola olish
297 0 0

Dastlab Toshkent aviatsiya zavodida ishlab chiqarilgan Il-114 samolyotlari endi Rossiyada, mahalliy dvigatellar bilan ishlab chiqariladi.

TOSHKENT, 14 sen – Sputnik. Rossiyaning Birlashgan aviasozlar korporatsiyasi Il-114-300 samolyoti uchun yangi dvigatelni muvaffaqiyatli sinovdan oʻtkazdi, deb xabar qildi Bosh vazir oʻrinbosari oʻrinbosari Dmitriy Rogozin.

“Chiroyli dvigatel, u uzoq vaqt va toʻgʻri uchadi”, — deb izoh qoldirdi Rogozin oʻzining Facebookdagi sahifasida sinovdan keyin.

Yangi dvigatelni sinovdan oʻtkazish uchun dastlab “uchar laboratoriya” nomini olgan Il-76LL samolyotini qayta taʼmirlashga toʻgʻri keldi.

Yangi turboparrakli  dvigatel — TV7-117ST hududiy aviaparvozlar uchun moʻljallangan Il-114-300 hamda yengil harbiy-transport samolyoti Il-112V  samolyotlari uchun sinovdan oʻtkazilmoqda. Uning maksimal quvvati 3000 ot kuchi, favqulodda vaziyatlarda 3600 ot kuchiga yetishi mumkin.  

Il-114-300 samolyotlari ishlab chiqarish  Nijniy Novgorod shahridagi «MiG» korporatsiyasiga tegishli boʻlgan “Sokol” zavodida yoʻlga qoʻyiladi. Yaqin bir necha yil ichida kamida 300 ta Il-114 samolyotlari ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

2015 yilda Rossiya rahbariyati mahalliy yoʻnalishlar uchun samolyotga buyurtma bergan edi. Ushanda Dmitriy Rogozin jamoasi tomonidan Il-114 samolyotini Rossiyada ishlab chiqarish taklifi kiritilgan edi.  

Ishlab chiqarish jarayonini tezlatish uchun Toshkent aviatsiya zavodida ishlatilmay qolgan 5 ta Il-114 planerlarini (korpus)  sotib olish va kerakli texnik hamkorlikni yoʻlga qoʻyish haqida muzokaralar ham olib borilgan edi.

Undan tashqari uchuvchilar tayyorlashda ham Il-114ning toʻliq uchish stimulyatoriga ega boʻlgan (full flight stimulator) Oʻzbekiston Havo yoʻllari oʻquv bazasidan foydalanish haqida aytib oʻtilgan edi. 

Eslatib oʻtamiz, Il-114 samolyoti texnik loyihasi 1980 yillarda Ilyushin konstruktorlik byurosi tomonidan yaratilib, Toshkent aviatsiya zavodida ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan. Birinchi samolyotlar 1990 yilda paydo boʻldi, turli sabablarga koʻra ularni sertifikatsiya qilish jarayoni choʻzilib ketdi va umuman ushbu samolyotlarga sobiq Ittifoq hududida talab kam boʻldi.  2012 yilga qadar 17 dona samolyot ishlab chiqarildi. Ayni damda ularning bir nechasi Oʻzbekiston Havo Yoʻllarining ichki yoʻnalishlarida, Rossiyada va Ukrainada xizmat qilmoqda.  

Asosiy mavzular