04:43 24 Sentyabr 2017
Efir
Bankovskiye kartы mejdunarodnыx platejnыx sistem VISA i MasterCard

Oʻzbekistonliklar kartasidagi valyutani xorijdagi kartaga oʻtkazishlari mumkin boʻladi

© Sputnik/ Vladimir Trefilov
Jamiyat
Havola olish
Oʻzbekistonda valyuta islohoti amalga oshirilmoqda (23)
39120

Xorijiy davlatlardagi yaqinlariga naqd pul joʻnata olmayotgan koʻplab fuqarolarning murojaatlarini eʼtiborga olgan holda mazkur xizmat joriy etiladi.

TOSHKENT, 14 sen — Sputnik. Oʻzbekistonda yaqin kunlarda konversion kartalardan chet elga valyuta oʻtkazish imkoniyati yaratiladi. Bu haqda Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari Timur Ishmetov bugun boʻlib oʻtgan brifingda maʼlum qildi, deb yozadi uznews.uz.

Xorijiy davlatlardagi yaqinlariga naqd pul joʻnata olmayotgan koʻplab fuqarolarning murojaatlarini eʼtiborga olgan holda mazkur xizmat joriy etiladi.

Bank mijozlari konversion kartalardagi mablagʻlarni bir-biriga yoki chet davlatdagi konversion kartaga joʻnatishi mumkin boʻladi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda 5 sentyabrdan boshlab erkin konvertatsiya ochilgan edi.

Maʼlumotlarga koʻra, 5 sentyabrdan buyon tijorat banklarida jismoniy shaxslar tomonidan jami 200 mln dollar miqdorida mablagʻ almashtirilgan, yuridik shaxslar esa ushbu davr mobaynida 100 mln dollarga yaqin mablagʻ almashtirgan.

Mavzu:
Oʻzbekistonda valyuta islohoti amalga oshirilmoqda (23)

Asosiy mavzular