04:46 24 Sentyabr 2017
Efir
Uzbekskiy pasport

Shavkat Mirziyoyev chet eldagi fuqarolarga yordam berish uchun maxsus guruh tashkil qildi

© Sputnik/ Aleksey Tixomirov
Jamiyat
Havola olish
40510

Guruh chet elda yashayotgan fuqarolarning Tashqi ishlar vazirligi manziliga kelib tushayotgan murojaatlarini monitoring qilib boradi va ularga oʻz vaqtida javob berilishini nazorat ostiga oladi.

TOSHKENT, 14 sen — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yilning 12 sentyabrida 5055-sonli farmoyishni imzoladi. Unga koʻra, chet elda yashayotgan fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqish uchun — Muassasalararo  ishchi guruh (MIG) tashkil qilindi.

Muassasalararo ishchi guruhning asosiy maqsadi – chet elda yashayotgan fuqarolar uchun Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligining huquqiy-konsullik xizmatlariga kengroq yoʻl ochish va ular orasida norozilik holatlari yuz berishiga yoʻl qoʻymaslik.

MIG chet elda yashayotgan fuqarolarning Tashqi ishlar vazirligi manziliga kelib tushayotgan murojaatlarini monitoring qilib boradi va ularga oʻz vaqtida javob berilishini nazorat ostiga oladi.

Shuningdek, prezident farmonida fuqarolar murojaatlarini qabul qilganda zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan va davlat interaktiv xizmatlaridan imkon qadar kengroq foydalanishni yoʻlga qoʻyish masalasi ham aytib oʻtilgan.

Eslatib oʻtamiz, "Xalq bilan muloqot yili" tadbiri doirasida, Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovning 2017 yilning 5 iyulida boʻlib oʻtgan muloqoti davomida chet elda yashayotgan fuqarolar duch kelayotgan koʻplab muammolar koʻtarilgan edi. Ularning aksariyati chet elga chiqish stikeri, vataniga qaytish sertifikati, fuqarolik masalalari va boshqalardan iborat edi.

Asosiy mavzular