O‘zbekistonda 100 ming so‘mlik chiqariladimi - MB javobi

© SputnikKupuri nomiralom patdesat tisach sum
Kupuri nomiralom patdesat tisach sum - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shu kechayu-kunduzda O‘zbekistonda 100 ming so‘mlik banknota chiqarilarmish degan gaplar yashin tezligida tarqalmoqda

TOShKENT, 14 sen — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan O‘zEOAVMA Media Markazida tashkil etilgan brifingda 100 ming so‘mlik chiqarilishi bilan bog‘liq gap-so‘zlarga oydinlik kiritildi, deb xabar berdi "Darakchi" nashri.

Sentralniy bank Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Markaziy bank 50 ming so‘mlik pulning muomalaga chiqarilishi bo‘yicha sharh berdi

Gap shundaki, 50 ming so‘mlik pul chiqarilgach, ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda 100 ming so‘mlik kupura ham chiqariladi degan mish-mishlar tarqalib ketdi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan O‘zEOAVMA Media Markazida tashkil etilgan brifingda ushbu gap-so‘zlarga oydinlik kiritilgan.

Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari Temur Ishmetov bu gap-so‘zlar mutlaqo asossizligini aytib, pul birligi chiqarilishi haqida biror qaror qabul qilinsa, albatta OAV orqali ma’lumot berilishini aytgan.

 

Yangiliklar lentasi
0