O‘zbekistonga Pokiston Qurolli kuchlari delegatsiyasi tashrif buyurdi

© Sputnik / StringerFlag Pakistana
Flag Pakistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rasmiy tashrif doirasida general Zubayr Mahmud Hayot O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov tomonidan qabul qilindi, shuningdek, mamlakat mudofaa vaziri general-mayor Abdusalom Azizov bilan uchrashuv o‘tkazdi

TOShKENT, 19 sen — Sputnik. O‘zbekistonga Pokiston Qurolli kuchlari shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi general Zubayr Mahmud Hayot boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Prezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Uzbekistana Sh. Mirziyeyevim - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Pokiston bosh vaziri Navoz Sharif bilan uchrashdi

Rasmiy tashrif doirasida general Zubayr Mahmud Hayot O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov tomonidan qabul qilindi, shuningdek, mamlakat mudofaa vaziri general-mayor Abdusalom Azizov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muzokaralarda mintaqaviy xavfsizlikning hozirgi holati va ikki tomonlama harbiy hamkorlik hamda o‘zaro manfaatli boshqa masalalar muhokama qilindi, deb xabar bermoqda "Podrobno.uz" O‘zAga tayanib.

Pokiston delegatsiyasi rahbari O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutiga tashrif buyurdi va institut faoliyati bilan tanishdi.

Tashrif dasturidan Buxoro va Samarqand shaharlaridagi madaniy-tarixiy yodgorliklar bilan tanishish hamda O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qilish o‘rin olgan.

Yangiliklar lentasi
0