04:38 18 Yanvar 2018
Efir
Portfel s dokumentami

Amaldorlar daromadlari haqidagi deklaratsiyani qanday topshirishi maʼlum qilindi

Sputnik / Aleksey Drujinin
Jamiyat
Havola olish
53020

Hozirda mamlakatda amaldorlar mavqei va faoliyati bilan bogʻliq barcha masalalar aks etgan davlat xizmatiga oid maxsus qonun ishlab chiqilmoqda

TOSHKENT, 20 sen — Sputnik. Oʻzbekistonda davlat xizmatchilarining daromad va mulklari haqidagi deklaratsiyani toʻldirish jarayoni umumeʼtirof etilgan xalqaro tajriba asosida oʻrnatiladi, deb maʼlum qildi Bosh prokuratura huzuridagi departament boshligʻi oʻrinbosari Vyacheslav Pak xalqaro press-klub yigʻilishida.

Uning soʻzlariga koʻra, hozirda mamlakatda amaldorlar mavqei va faoliyati bilan bogʻliq barcha masalalar aks etgan davlat xizmatiga oid maxsus qonun ishlab chiqilmoqda.

"Davlat xizmatchilarining daromad va mulklari haqidagi deklaratsiyani toʻldirish jarayoni umumeʼtirof etilgan xalqaro tajriba asosida oʻrnatiladi. Bunda birinchi shaxs va idoralar rahbarlarining daromadlarini oshkor etish va maʼlum qilish koʻzda tutilmoqda. Boshqa barcha davlat xizmatchilari daromad va mulklari haqidagi deklaratsiyani soliq organlarida umumiy oʻrnatilgan tartibda toʻldiradilar", — dedi Vyacheslav Pak.

Eslatib oʻtamiz, davlat xizmati haqida ishlab chiqilayotgan qonun loyihasining 23-moddasiga koʻra, "kichik mutaxassis" toifasidan tashqari lavozimdagi mansabdorlar har yili mol-mulki haqidagi deklaratsiyani, daromad va xarajatlari haqidagi maʼlumotlarni, shuningdek, oila aʼzolarining mol-mulki hamda daromad va xarajatlari haqidagi maʼlumotlarni taqdim etishlari shart.

Agarda davlat xizmatchisi daromadlari va mol-mulki haqida, shuningdek, oila aʼzolari mol-mulki haqida notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etsa, lavozimidan boʻshatiladi.

Asosiy mavzular