Toshkentda 9 oy mobaynida 1600dan ortiq kishi daydi itlardan jabrlangan

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishChastniy priyut dlya bezdomnix sobak
Chastniy priyut dlya bezdomnix sobak - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Poytaxtda o‘tgan 9 oy mobaynida daydi va uy hayvonlaridan 3527 nafar fuqaro aziyat chekib, 1633 nafari aynan daydi itlardan jabrlangan

TOShKENT, 23 sen — Sputnik. Poytaxtda joriy yilning 9 oyi mobaynida daydi va uy hayvonlaridan 3527 nafar fuqaro aziyat chekkan. Bu haqda bugun Toshkent shahar hokimligida bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qilindi.

Shoqol - Sputnik O‘zbekiston
Chiyabo‘rilar endi Toshkentga hujumga o‘tgan

Ma’lumot berilishicha, Toshkentda daydi va uy hayvonlaridan jabrlanganlar soni yildan-yilga oshib ketishi kuzatilmoqda. Joriy yilning 9 oyi mobaynida daydi va uy hayvonlaridan 3527 nafar fuqaro aziyat chekib, 1633 nafari aynan daydi itlardan jabrlangan. Bu kabi salbiy holatga barham berilmasa, aholi o‘rtasida quturish kasalligi keskin ko‘payib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Toshkent shahri va tuman obodonlashtirish boshqarmalarida tashkil etilgan qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish bo‘limlari ish faoliyatini yanada kuchaytirish maqsadida hamda Toshkent shahar veterinariya boshqarmasi va Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazining murojaatini inobatga olgan holda Toshkent shahar hokimining "Toshkent shahrida epizootik va epidemik barqarorlikni ta’minlash borasida kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalarni amalga oshirish to‘g‘risida"gi qarorni poytaxtimiz aholisi va keng jamoatchilikka yetkazish ta’kidlab o‘tildi.

Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasiga qarashli markaziy avariya dispetcherlik xizmatining "Daydi hayvonlarni tutish otradi" yetarli darajada texnika va kerakli anjomlar bilan ta’minlanib, yoqilg‘i-moy mahsulotlari uzluksiz ajratilib turilishi, ishlab chiqilgan reja asosida qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish maqsadida kechayu kunduz reydlar o‘tkazib borish tavsiya etildi.

Chiyabo‘ri - Sputnik O‘zbekiston
Chiyabo‘rilar Farg‘onadagi xonadonlarga hujum qilmoqda

Shuningdek, ko‘chalarda va boshqa joylarda qarovsiz qolgan, shu jumladan egasiz itlar, mushuklar va yirtqich hayvonlarni tutishni tashkil etish va alohida vaqtincha saqlash uchun maxsus ajratilgan joylarda saqlash ta’kidlandi.

Jumladan, aholi punktlarida it va mushuklarni saqlash qoidalariga rioya qilish yuzasidan nazoratni kuchaytirish lozimligi hamda ushbu qoidalar buzilishiga yo‘l qo‘ygan shaxslarni javobgarlikka tortish bo‘yicha chora-tadbirlar tashkil qilinishi haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, davlat veterinariya bo‘limlarining taqdimnomasi bo‘yicha qarovsiz va egasiz qolgan kasal hayvonlarni quturish joylarida, quturish kasalligi ko‘p uchrashi xavfi bo‘lgan epizootik hududlarda otib tashlashni tashkil etish hamda bu xavfning oldini olishga qaratilgan bir qator ishlar e’tiborga olindi.

Yangiliklar lentasi
0