15:20 15 Dekabr 2017
Efir
Uzbekskaya valyuta - sum

Oʻzbekistonliklar oʻtgan yili eng koʻp pulni nimaga sarflashgan

Sputnik
Jamiyat
Havola olish
705722

Xizmatlar sohasi xarajatlarning 20,4 foizini tashkil etgan

TOSHKENT, 27 sen — Sputnik. Oʻtgan yili oʻzbekistonliklar pullarining 47 foizdan koʻprogʻini oziq-ovqat mahsulotlariga sarflashgan. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasining Oʻzbekiston Respublikasida aholi turmush darajasi va farovonligining rivojlanish tahlilida keltirildi.

Statistikaga koʻra, 2016 yilda Oʻzbekistonda aholi xarajatlarining 47,3 foizini oziq-ovqat mahsulotlari tashkil qilgan. Bunda oziq-ovqat mahsulotlari sotib olishga 44,3, uydan tashqarida ovqatlanishga 2,5 va alkogol ichimliklarga 0,5 foiz xarajat qilingan.

Qayd etilishicha, 2000 yilda bu koʻrsatkich 61,4 foizga teng boʻlgan.

Aholi nooziq-ovqat mahsulotlariga jami 32,3 foiz, xususan, kiyim-kechak va poyabzalga 10,3 foiz, maishiy texnika va elektronikaga 1 foiz va boshqa nooziq-ovqat mahsulotlariga 22 foiz xarajat qilgan.

Xizmatlar sohasi xarajatlarning 20,4 foizini tashkil etgan boʻlib, bunda kommunal xizmatlar 7,7, aloqa va transport xizmatlari 6,1, taʼlim olish 1,9, sogʻliqni saqlash xizmatlari 1,4 va boshqa xizmatlar 3,3 foizga teng boʻlgan.

Asosiy mavzular