15:21 15 Dekabr 2017
Efir
Deputatы Gdlyan i Ivanov

"Tangalar mingta edi, Abdujabbor!" yoxud Gdlyan va Ivanov haqida yana bir hikoya

© Sputnik/ Vladimir Fedorenko
Jamiyat
Havola olish
7770197

Korruptsiya oʻzi juda murakkab hodisa. U dunyonig barcha mamlakatlarida bor. Faqat huquqni saqlash organlari kuchi bilan korruptsiyani yoʻq qilib boʻlmaydi.

TOSHKENT, 27 sen — Sputnik. Bugun Ahmadjon Odilov vafot etibdi deb eshitdim. U kishi haqida yaxshi-yomon narsalarni koʻp eshitganmiz. Quyida uzoq 1983-84 yillarda Oʻzbekistonda boʻlib oʻtgan, real voqealarga asoslangan, hikoyani eʼtiboringizga havola etamiz. Abdujabbor Abdujalilov hikoyasi

Abdujabbor Abdujalilov — Tojikiston SSR Prokuraturasi Alohida muhim ishlar boʻyicha tergovchisi, Gdlyan va Ivanovlar tergov guruhi aʼzosi.

“Napoleon kasaliga” chalingan Gdlyan va “ishtoni yoʻq” Ivanov haqida 

Kecha beshinchi kanaldan Dumaning sobiq deputati Nikolay Ivanovni koʻrsatishdi. U yerda Ivanov korruptsiya muammolari haqida oʻzining uzundan-uzoq va noaniq mulohazalari bilan boʻlishdi. Oʻziga bino qoʻygan Ivanov shunchalik ogʻiz koʻpirtirib gapirdiki, nafratim qoʻzib ketganidan oʻzimni yomon his qila boshladim…

Aslida, men oʻtmishni kavlashtirish tarafdori emasman, lekin Gdlyan va Ivanovlar mening oʻtmishimning bir qismi. Bir vaqtlar ular bilan birga ishlashga majbur boʻlganman. Bir kun kelib odamlar “Ha, Abdujabbor sen ham oʻshalar bilan hamtovoq eding”, demasliklari uchun uchun ushbu hikoyani yozishga qaror qildim.

1983 yil, Tojikiston Respublikasi prokuraturasida Alohida muhim ishlar boʻyicha tergovchi vazifasida ishlar edim. Turkmaniston va boshqa respublikalar rahbariyatiga oid bir necha jinoiy ishlarni tekshirishda tajribam boʻlgani tufayli, SSSR Prokuraturasi meni ham “Paxta ishi” yoki “Oʻzbeklar ishi” deb nomlangan jinoiy ishni tekshiruvchi guruhga qoʻshib yubordi.

Telman Xorenovich Gdlyanni oʻsha vaqtlarda hech kim tanimasdi. Ittifoq miqyosida Gdlyan 1981 yilda faqat bir muhim jinoiy ishni ochgan edi. (U Estoniyalik mashhur injener olim Ioxanes Xintni korruptsiyada ayblab qamagan. Xint qamoqda oʻlgan. Bir necha yil oʻtib esa ish qayta koʻrib chiqilib u oqlangan edi. Tahr.)

Konfiskatsiya tsennostey
© Sputnik/ Fred Grinberg
Ivanov tintuv oʻtkazmoqda
“Oʻzbeklar ishi”ni Gdlyan oʻz yurtdoshi boʻlgan, SSSR Bosh prokuraturasi Tergov boʻlimi boshligʻi German Karakozov rahnamoligi tufayli olgan. Karakozov maʼlum vaqtga qadar Gdlyanga yordam berib yurgan.

Nikolay Veniaminovich Ivanov esa 1983 yilga qadar hech nimasi bilan tanilmagan. U faqat Gdlyan bilan olim Xintning ishi boʻyicha ishlagan xolos.

Oʻsha vaqtlarda, koʻp kishi, rahbariyat aralashgan jinoiy ishlarni tekshirish uchun faqat eng yaxshi tergovchilar tanlab olinar edi. Ular barcha respublikalardan saralab olinar edi. Prokuraturalarda ishlayotgan Alohida muhim ishlar boʻyicha tergovchilar jinoyatning aniq tafsilotlarini yozib chiqishar, lekin ayblovchi hukmni Tergov guruhi rahbari imzolar edi. Asosiy ishni bajargani uchun ularni tergovning “ishchi otlari” deyishardi.

1983 yilning dekabr oyida meni Gdlyanning yoniga yuborishdi. Men Toshkentga kechqurun yetib keldim, va Gdlyanni Oʻzbekiston KGB binosi ichidan topdim. Tergov guruhi oʻsha yerda joylashib olgan edi. Oʻsha vaqtda guruh 12 kishidan iborat edi. Oʻsha kun kechqurun men Gdlyan va uning “jangovor oʻrinbosari” Ivanov bilan uchrashdim.

Ivanov seyfdan bir butilka aroq chiqardi. Uchchalamiz uni ichib tugatdik va yaxshilab tanishib oldik. Telman Xorenovich Gdlyan (laqabi “Xrenovich”)  menga vazifalarimni tushuntirdi. Men Nikolay Ivanov (laqabi “Soqol”, “Supurgi”, “Yugurgdak”) guruhda hech qanday ish bajarmasligini tushundim.

Veщestvennыe dokazatelstva - dengi i tsennosti
© Sputnik/ V. Bondarenko
Gdlyan boshchiligidagi tergovchilar guruhi jinoyatchilardan olgan boyliklarni namoyish qilmoqda
Keyingi kundan boshlab oʻzimga ajratilgan segmentda ishlay boshladim. Mening guruhimda besh nafar tergovchi bor edi. Boshida ushbu ish tafsilotlarini yaxshi tushunmagan edim, lekin tekshiruv davomida biz ikki nafar aybdorni topdik.  

Men “Oʻzbeklar ishi”ning barcha tafsilotlarini sanab oʻtmoqchi emasman, lekin bir narsani aytaman. Men kelishim bilan Gruziya prokuraturasi Alohida muhim ishlar boʻyiicha tergovchisi Moshiashvili guruhdan chiqishga ariza berdi. Biz u bilan oldin Leningradda malaka oshirishda birga boʻlgan edik. Aeroportda kuzatayotib ikkimiz qolgan vaqtda, u menga sekingina, “Abdujalilov, bu ish bizga toʻgʻri kelmaydi. Xrenovichdan ketishga harakat qil. Bu ish yaxshilikka olib kelmaydi”, — dedi.

Keyinroq, ishning barcha tafislotlari bilan tanishganimdan keyin, men buning sababini bildim: jinoiy ishning asosi yoʻq edi. Mustahkam va ishonchli asosi yoʻq edi. Jinoiy ishga aloqador har qanday kishi bilan suhbat qilish – hamtovoqlik, birga ovqatlanish – jinoyat, deb hisoblanardi. Gunohsizlik prezumptsiyasi – mutlaq esdan chiqarilgan edi. Gdlyanning “Bularning hammasining “orqasi kir”, istalganini olib qamasang – adashmaysan”, degan gapi tez orada mashhur boʻlib ketdi.

Har qanday jinoiy ish maʼlum qoidaga muvofiq tekshiriladi. Bu yerda esa hech qanday qoida yoʻq edi. Oʻzbekiston prokurori Boʻrixodjayev hali ayblanuvchining ismi koʻrsatilmagan qarorga ham imzo chekaverardi. Gdlyanning yurtdoshi, guruh aʼzosi Albert Kartashyan hibsga olinganlardan istalgan koʻrsatmalarni olish mahorati bilan nom chiqargan edi. Jinoiy ishda xolis guvohlar sifatida KGB tomonidan yollangan shaxslar ishtirok etardi. Men guruhda ishlagan yarim yil davomida hibsga olinganlardan uch nafari oʻz joniga qasd qildi, lekin buni hech kim sezmadi. Jinoiy ish yuzasidan musodara qilingan pullar, oltin tangalar, qimmatbaho buyumlar oʻz vaqtida bankka topshirilmas edi – buning oʻzi oʻta qoʻpol maʼmuriy qonunbuzarlik edi. Buning oʻrniga barcha qimmatbaho buyumlar tergovchilar seyflarida saqlanar edi.

Bir safar Gdlyan pul va oltinlarni Moskvaga olib borib SSSR Prokuraturasi foyesida “koʻrgazma” uyushtirdi. Hatto oʻshanda ham, hech kim nega bu pullar bankka topshirilishi oʻrniga bu yerda, degan savol bermadi. Hammani “Oʻzbeklar ishida” qandaydir yengil, oson muvaffaqiyat qozonish tuygʻusi chulgʻab olgan edi…

Dengi i tsennosti
© Sputnik/ V. Bondarev
Gdlyan va Ivanov SSSR prokuraturasida uyushtirgan koʻrgazma
Yana bir namunali misol. Bir jinoiy ish yuzasidan tekshiruv vaqti podshoh davridan qolgan 812ta oltin tanga topiladi. Qidiruv va musodara jrayonida faqat Gdlyan va Ivanov ishtirok etgan. Ushbu ish yuzasidan ayblanayotgan kishi bilan suhbatlashganimda u menga, shunday dedi:

“Abdujabbor, men bilaman, sen ularga oʻxshamaysan. Tangalar soni MINGTA edi. Har bir banka ichida 500 tadan. Menga allaqancha tanga yashirishning nima keragi bor. Men roppa-rosa mingta tanga yashirganman! Ular kamroq yozishdi. Menga endi farqi yoʻq, lekin sen shuni bilki — ular oʻzlari uchun ishlayapti. Juda ochkoʻzlik bilan ishlayapti”.

Tsennosti, izʼyatыe u prestupnikov
© Sputnik/ Fred Grinberg
Gdlyan "koʻrgazmada" intervyu bermoqda
Shundan soʻng, men SSSR bosh prokuraturasiga oʻzimni guruhdan chiqarish haqida soʻrovnoma yozdim. Gdlyan barcha choralar bilan meni olib qolishga urindi.

Bir necha marta yozgan raportlarim javobsiz qoldi. Buxoroda men yurak xuruji bilan yotib qoldim. Soʻng meni Dushanbega kardiomarkazga yuborishdi. Tuzalganimdan keyin yana Toshkentga joʻnatishdi. Toshkentga kelgan kunimdanoq yana kardiomarkazga tushib qoldim. U yerda meni koʻrgan keksa yoshli professor “Yigitcha, sizning yuragingiz aʼlo darajada ishlayapti. Sizning kasalingiz boshingizdan boshlanmoqda. Ish har doim koʻp, lekin hayot bitta”, — dedi.

Misli koʻrilmagan harakatlar bilan men Gdlyan guruhidan chiqishga muvaffaq boʻldim. Bir necha yil oʻtib Kartashyanni qamoqqa olishganini va Gdlyan va Ivanovlar usidan jinoiy ish qoʻzgʻatilganini eshitdim.

1989 yilda KGB vakili mendan nima sababdan Gdlyan va Ivanovlarning Toshkentda qilgan ishlarini bila turib ular haqida xabar bermaganimni soʻradi, lekin uning savoli javobsiz qoldi.

Boʻyi bor-yoʻgʻi 157 sm boʻlgan Telman Gdlyan «Napolen kasalligiga» chalingan edi. Boshqa tergovchilardan farqli ravishda u “Oʻzbeklar ishi” uni ham mashhur ham boy qilishiga ishonar edi. Shu sabadan u hatto Armaniston bosh prokurori boʻlish taklifini ham qabul qilmagan! Aniqrogʻi rozi boʻlgan, faqat “Oʻzbeklar ishi”ni davom ettirish sharti bilan! Gdlyan ushbu ishga kanadek yopishib olgan edi.

Keyinchalik Gdlyan va Ivanovlarning aybi isbotlanib ularni sudga tortmoqchi boʻlishganda, ikkovlon darhol Armaniston respublikasidan deputatlik mandati olvolishgan. Oʻsha vaqtlar deputatlar daxlsizlik huquqiga ega boʻlgani tufayli ular suddan qutilib qolgan. Ular oʻzlari orttirgan boylik va huquqiy imtiyozlaridan uzoq vaqt, balkim haligacha foydalanib kelishmoqda desam adashmayman.

Narodnыe deputatы SSSR
© Sputnik/ Vladimir Rodionov
Xalq deputatlari Gdlyan, Ivanov va Boris Yeltsin
Shuning uchun ham “yugurdak” Ivanovning korruptsiya haqidagi nutqini eshitganimda haligi mingta tanga voqeasi esimga tushdi. Ayblanuvchining “Tangalar roppa-rosa MINGTA edi, Abdujabbor”, degan soʻzlari qulogʻim ostida yana bir bor jaranglagandek boʻldi.

Korruptsiya oʻzi juda murakkab hodisa. U dunyonig barcha mamlakatlarida bor. Faqat huquqni saqlash organlari kuchi bilan korruptsiyani yoʻq qilib boʻlmaydi.

Shuning uchun ham “ishtoni yoʻq” Ivanov  televizorga chiqib olib “tizzasi yirtiq” korruptsionerlarni tanqid qilmasa ham boʻlardi. Bunday ikkiyuzlamachilikdan koʻnglim ozdi…

Asosiy mavzular