14:30 24 Oktyabr 2017
Efir
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na Genassambleye OON

Oʻzbekiston BMT minbarida bildirilgan fikrlarni amalga oshirishga kirishdi

© REUTERS/ /Eduardo Munoz
Jamiyat
Havola olish
796 0 0

Ushbu chora-tadbirlarning amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston bosh vaziri A.Aripov boshchiligida maxsus komissiya tuzildi.

TOSHKENT, 28 sen — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh assambleyasining 72-sessiyasi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish boʻyicha qarorni imzoladi.

Oʻzbekiston prezidentining qarori bilan Xalqaro valyuta jamgʻarmasi, Jahon banki rahbariyati hamda BMTning Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari bilan muzokaralar yakuni boʻyicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston va AQSH bilan davlatlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish va Nyu-Yorkdagi Oʻzbekiston-Amerika biznes forumi natijalari boʻyicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasi ham tasdiqlandi.

Ushbu chora-tadbirlarning amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston bosh vaziri A.Aripov boshchiligida maxsus komissiya tuzildi.

Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoyev 20 sentyabr kuni BMT minbarida chiqish qildi.

BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasi maydonlarida Oʻzbekiston rahbari Bolgariya prezidenti R.Radev va Gruziya bosh vaziri B.Kvirikashvili bilan muzokaralar oʻtkazdi. Oʻzbekiston prezidentining rasmiy saytida qayd etilishicha, "oʻtkazilgan ikki tomonlama uchrashuvlar bu mamlakatlar bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy aloqalarni rivojlantirish uchun yangi imkoniyat hamda istiqbollarni belgilab berdi".

Asosiy mavzular