06:48 24 Noyabr 2017
Efir
Krasivыe nomera na avtomobil v Uzbekistane

Toshkentda "oltin" avtoraqam deyarli yuz million soʻmga sotildi

© Novosti Uzbekistana
Jamiyat
Havola olish
132113

Shu yil yakuniga qadar onlayn-auktsion savdolarda 18 ming dona avtomobil raqamini sotish rejalashtirilgan.

TOSHKENT, 29 sen — Sputnik. Poytaxtlik tadbirkor onlayn-auktsionda deyarli yuz million soʻmga avtoraqam sotib oldi, deb xabar berdi nuz.uz.

Kecha boʻlib oʻtgan auktsionda 01 777 WEA avtoraqami 97 mln 653 ming 300 soʻmga sotilgan.

Bundan tashqari, 01 S 777 AV raqami deyarli 82 mln soʻmga, 01 YE 777 AV raqami deyarli 74 mln soʻmga sotilgan.

Zolotoy nomer prodan za pochti 100 mln sumov
Toshkentda "oltin" raqam deyarli 100 mln soʻmga sotildi

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan haftada Toshkent shahrida yashovchi fuqaro Z 770 ZA avtoraqamini 50 million 773 ming soʻmga sotib olgandi.

Avtomobil raqamlarining savdosi 5 sentyabr kuni yangi maxsus birja savdo platformasida yoʻlga qoʻyildi. Onlayn-auktsionda barcha istak bildirganlar qatnashishi mumkin.

Bugungi kunda Toshkent IIV YHXBB tomonidan auktsionga 70 ga yaqin har xil turdagi raqamlar qoʻyilgan.

Shu yil yakuniga qadar onlayn-auktsion savdolarda 18 ming dona avtomobil raqamini sotish rejalashtirilgan.

Tashkilotchilar "chiroyli" avtomobil raqamlarini onlayn-auktsionlarda sotuvi natijasida 380 mlrd soʻm foyda koʻrish rejalashtirganlar.

Asosiy mavzular