Toshkentda bir hafta davomida 40 nafar qidiruvda bo‘lgan jinoyatchilar ushlandi

© Ofitsialniy sayt MVD UzbekistanaSotrudniki organov vnutrennix del Uzbekistana
Sotrudniki organov vnutrennix del Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Olib borilgan tergov-tezkor tadbirlar natijasida oy boshidan 58 ta jinoyat fosh etildi

TOShKENT, 30 sen — Sputnik. Toshkent shahar IIBB matbuot xizmatining bildirishicha, 21-sentabrdan 28-sentabrga qadar poytaxtda hafta davomida 17 ta jinoyat issiq izidan fosh etildi.

Chilonzordagi yerto‘lada bangixona fosh etildi - IIBB

"Olib borilgan tergov-tezkor tadbirlar natijasida oy boshidan 58 ta jinoyat fosh etildi", deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Shuningdek, yil boshidan buyon 1588 nafar, oy boshidan 173 nafar, shundan, hafta davomida 40 nafar qidiruvda bo‘lgan jinoyatchilar ushlandi.

Ma’lumot berilishicha, yil boshidan 571 nafar shaxs bedarak yo‘qolgan sifatida ro‘yxatga olingan bo‘lib, tezkor-qidiruv tadbirlar natijasida yil boshidan 432, oy boshidan 40, hafta davomida esa 18 nafari aniqlanib yashash joylariga qaytarilgan.

Yangiliklar lentasi
0