Abu-Saxiy bozorida "qora juma"dagi holat kuzatildi

© UZ24.uzRinok "Abu-Saxiy" v Tashkente
Rinok Abu-Saxiy v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentlik taksi haydovchisining aytishicha, shaharda yakshanba kunlari hech qachon bu kabi tirbandlik bo‘lmagan

TOShKENT, 2 okt — Sputnik. Kuni kecha, ya’ni 1-oktabr kuni Toshkentdagi Abu-Saxiy va Ippodrom bozori hududida ulkan tirbandlik kuzatildi.

"Abu-Saxiy va Ippodrom bozorlariga odamlar "oqib kelishdi" o‘ziyam. Ippodrom bozoridan qaytishda odamlar yo‘lning yarmigacha chiqib mashina to‘xtatishayotgani guvohi bo‘ldim. Ulkan tirbandlikka qaramay, taksi deyarli yo‘q edi", — dedi Sputnik muxbiriga voqea guvohlarining biri.

Taksi haydovchilariso‘zlariga ko‘ra "Toshkentda yakshanba kunlari hech qachon bunday tirbandlik kuzatilmagan".

"Buning hayratlanarli joyi yo‘q, "sezon" axir. Sovuq kunlar tushishi bilan hamma bozorga chiqqan. Toshkentda aholi ko‘p axir", — dedi yana bir suhbatdosh.

Toshkentda yashovchi boshqa bir fuqaroning so‘zlariga qaraganda, O‘rikzor bozori yopiqligi va boshqa bozorlarda kiyim kechaklar deyarli yo‘qligi bois ham odamlar o‘zini Abu-Saxiyga urgan.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda "Samarqand Darvoza" savdo majmuida o‘tkazilgan "chegirmalar jumasi" tadbirida ham garchi hozirgidek mavsum bo‘lmasa-da, xaridorlar oqimi tufayli — "oyoq qo‘yishga joy yo‘q" kabilidagi holat kuzatilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0