14:15 24 Oktyabr 2017
Efir
Uzbekskiy pisatel Nurullo Otaxanov

Olam yurtimizdagi ikki buyuk oʻzgarishni koʻrdi - Nurullo Otaxonov murojaati

REUTERS / Murad Sezer
Jamiyat
Havola olish
3603134

Yozuvchi Nurullo Otaxonov ijtimoiy tarmoq orqali xalqqa murojaat qildi

TOSHKENT, 3 ok — Sputnik. Shu yilning 27 sentyabrida Istanbuldan uchib kelganidan soʻng hibsga olingan va 1 oktyabr kuni hibsdan ozod qilingan yozuvchi Nurullo Otaxonov (taxallusi Nurulloh Muhammad Raufxon) ijtimoiy tarmoq orqali xalqqa murojaat qildi.

"Men Vatanimga Ollohga tavakkal qilgan holda, keyingi zamonlarda mamlakatimda yuz berayotgan ijobiy ishlardan ruhlanib, Prezident soʻzlari va harakatlariga ishonib qaytdim.

Afsus, ota yurtimga bosgan ilk qadamlarimdanoq meni davlatimdan arazlatib qoʻymoqchi boʻlishdi. Ammo, Ollohga shukr, sal narsaga arazlab qoladigan yoshda emasman.

Chunki jamiyatda haq va adolatni qaror toptirish, xalqimiz koʻzi oʻngida davlatimiz shaʼnini va obroʻyini yuksaltirish yoʻlida yangi iqtidor olib borayotgan ezgu ishlarga qoʻlimdan kelganicha hissa qoʻshish niyatida qatʼiy va sobitman", deydi u.

Yozuvchining eʼtirof etishicha, Ollohning hikmati bilan boshiga ozgina sinov tushdi va bu sinov bahona olam Oʻzbekistondagi ikki buyuk oʻzgarishni koʻrdi: birinchisi, xalq chorak asrlik gʻaflatdan asta-sekin uygʻona boshlabdi. Ikkinchisi, davlat xalqning dodiga quloq sola boshlabdi!

"Bu ikki yangilik hammamizga muborak boʻlsin", deydi u.

Yozuvchi uni qoʻllab-quvvatlagan barchaga minnatdorlik bildiradi.

"Shu besh kun davomida kecha-kunduz tinmasdan meni qoʻlladingiz, haqqimga duolar qildingiz, taqdirimga qaygʻurdingiz. Sizlarni zahmatga qoʻydim. Men sizlardan mingdan-ming roziman. Sizlar ham mendan rozi boʻlinglar. Minnatlaringiz butun oilamning boshi ustida. Yuksak ishonchlaringizni oqlash, xizmatlaringizni qilish umrim oxirigacha boʻynimizdagi burchdir" deydi Nurullo Otaxonov.

Asosiy mavzular