15:21 15 Dekabr 2017
Efir
SIZO

Oʻzbekistonda huquq himoyachisi Aʼzam Farmonov ozodlikka chiqarildi

© Sputnik/ Aleksey Filippov
Jamiyat
Havola olish
268311

Ilgariroq Oʻzbekiston hukumati uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilingan huquq himoyachilari Muhammad Bekjonov, Murod Joʻrayev, Erkin Musayev, Jamshid Karimov va boshqalarni ozodlikka chiqargandi

TOSHKENT, 4 okt — Sputnik. Oʻzbekistonda huquq himoyachisi Aʼzam Farmonov ozod etildi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

Huquq himoyachisi 2006 yilda taʼmagirlikda ayblanib qamoqqa olingandi. U 9 yilga ozodlikdan mahrum etilgan, 2015 yilda muassasa tartibiga boʻysunmaganligi uchun jazo muddati yana 5 yilu 26 kunga uzaytirilgandi.

Eslatib oʻtamiz, ilgariroq Oʻzbekiston hukumati uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilingan huquq himoyachilari Muhammad Bekjonov, Murod Joʻrayev, Erkin Musayev, Jamshid Karimov va boshqalarni ozodlikka chiqargandi.

Qayd etish joiz, bugungi kunda Oʻzbekiston ozodlikdan mahrum qilingan shaxslar borasida jahonda eng past koʻrsatkichlardan biriga ega. Mamlakatda har 100 ming kishiga 137 nafar mahkum toʻgʻri keladi, bu MDH va Yevropa mamlakatlari orasida eng past koʻrsatkichlardan biridir. Oʻzbekiston jazoni oʻtash muassasalari oʻrtacha 80%ga toʻlgan.

Asosiy mavzular