Jahon banki prezidenti Mirziyoyevning yetakchi hamkori bo‘lishga tayyorligini bildirdi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishPress-brifing prezidenta Vsemirnogo banka Djim Yon Kima
Press-brifing prezidenta Vsemirnogo banka Djim Yon Kima - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jahon banki guruhi prezidenti bank bosh ijrochi direktori Kristalina Georgiyeva va mintaqaviy vitse-prezidenti Siril Mullerga istiqboldagi hamkorlikni muhokama qilish va kelishib olish uchun Shavkat Mirziyoyev bilan yaqin vaqtda uchrashish bo‘yicha topshiriq bergan

TOShKENT, 4 okt — Sputnik. Jahon banki guruhi prezidenti Jim Yong Kim O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yo‘lladi, deb xabar bermoqda uzbekistan24.uz.

"Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi doirasida Siz bilan uchrashish imkoniyati hamda ochiq va samimiy muloqot uchun minnatdorlik bildiraman.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na Genassamblee OON - Sputnik O‘zbekiston
AQShga tashrif: BMT minbaridagi O‘zbekiston tashabbuslari va 2,6 mlrd $lik hujjatlar

Sizni O‘zbekistonni jadal rivojlangan xususiy sektorga, inklyuziv va barqaror rivojlanib borayotgan iqtisodiyotga ega zamonaviy davlatga aylantirish yo‘lidagi faoliyatingiz bilan yana bir bor qutlayman", deyiladi maktubda.

Jim Yong Kim Jahon banki guruhi Shavkat Mirziyovning bu boradagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekani, O‘zbekiston prezidenti tomonidan mazkur tashkilotga bildirilayotgan ishonchni yuksak qadrlashini alohida qayd etadi.

"Biz O‘zbekistondagi iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlashda Sizning yetakchi hamkoringiz bo‘lishga tayyormiz, o‘tgan hafta umumiy qiymati 450 million AQSh dollariga teng uchta investitsiya loyihasini imzolaganimiz shundan dalolat beradi. Ushbu loyihalar O‘zbekistonga elektr energetikasi, irrigatsiya va chorvachilik tarmog‘ini rivojlantirishni rag‘batlantirish uchun zarur bo‘ladigan sarmoya kiritish imkonini beradi", deya so‘zida davom etadi Jahon banki guruhi prezidenti.

Jim Yong Kimning e’tirof etishicha, Mirziyovning meva-sabzavotchilik va chorvachilikni rivojlantirish orqali qishloq xo‘jaligi sohasini diversifikatsiya qilish va samaradorligini oshirishga qaratayotgan alohida e’tibori unda katta taassurot qoldirgan.

Shuningdek, paxta yig‘im-terimida ishtirok etuvchilar mehnatiga haq to‘lashni yaxshilash hamda oldin qo‘llanilgan mehnat shakllarini bartaraf etish bo‘yicha prezidentning qat’iy sa’y-harakatlari ham juda ijobiy qabul qilingani bildiriladi maktubda.

Shtab-kvartira Vsemirnogo banka v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Jahon bankidan 1 mlrd dollar oladi

"Men Sizning texnik va moliyaviy ko‘mak bo‘yicha murojaatingizni ko‘rib chiqdim hamda ularni tayyorlash bo‘yicha ishni tezlashtirish yuzasidan topshiriq berdim. Sizning tashabbusingiz bilan ishlab chiqilgan O‘zbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar jarayonida ehtiyojlar ortishini inobatga olib, biz mamlakatingiz bilan Sheriklik strategiyasi doirasida Jahon banki guruhi tomonidan moliyalashtirishni tezlashtirish hamda tarkibiy islohotlarni amalga oshirish, ijtimoiy va asosiy infratuzilmani modernizatsiyalash, qishloq xo‘jaligini isloh qilishda yuqori darajadagi texnik ko‘mak taqdim etishga tayyormiz", deydi Jim Yong Kim.

Maktubda aytilishicha, Jahon banki guruhi prezidenti bank bosh ijrochi direktori Kristalina Georgiyeva va mintaqaviy vitse-prezidenti Siril Mullerga istiqboldagi hamkorlikni muhokama qilish va kelishib olish uchun Shavkat Mirziyoyev bilan yaqin vaqtda uchrashish bo‘yicha topshiriq bergan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18-20 sentabr kunlari Amerika Qo‘shma Shtatlariga tashrifi doirasida Jahon banki guruhi prezidenti Jim Yong Kim bilan uchrashuv o‘tkazgandi.

Yangiliklar lentasi
0