Ko‘ksaroyda O‘zbekiston - Qirg‘iziston muzokaralari bo‘lib o‘tmoqda

© Ofitsialniy sayt prezidenta KRPrezident Kirgizstana Almazbek Atambayev i Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Kirgizstana Almazbek Atambayev i Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Muzokarada O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy va hududlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish, transport-kommunikatsiya, energetika, sanoat, qishloq va suv xo‘jaligi, madaniyat va boshqa sohalardagi aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilinmoqda

TOShKENT, 5 okt — Sputnik. Ko‘ksaroyda O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlarining tor doiradagi uchrashuvlaridan so‘ng kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralar boshlandi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar bermoqda.

Prezident Kirgizstana Almazbek Atambayev v xode vstrechi s prezidentom Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva, pribivshim v KR s gosudarstvennim vizitom - Sputnik O‘zbekiston
Prezidentlar O‘zbekiston va Qirg‘iziston sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev va Almazbek Atamboyev muloqotni ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida davom ettirmoqda.

Muzokarada O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy va hududlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish, transport-kommunikatsiya, energetika, sanoat, qishloq va suv xo‘jaligi, madaniyat va boshqa sohalardagi aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan keldi.

 

 

Yangiliklar lentasi
0