02:01 22 Oktyabr 2017
Efir
V Uzbekistane na poligone Forish startovalo takticheskoye ucheniye s voinskimi kontingentami Rossii i Uzbekistana

Oʻzbekiston va Rossiya harbiylari ishtirokidagi oʻquv mashqlari yakunlandi

Ministerstvo oboronы RF
Jamiyat
Havola olish
172 0 0

Oʻquv jangovar topshiriqlarni muvaffaqiyatli bajargan harbiy xizmatchilar taqdirlandi

TOSHKENT, 6 okt — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrugi hamda Rossiya Federatsiyasi Markaziy harbiy okrugining togʻ-oʻqchi boʻlinmalari hamkorligidagi maxsus taktik oʻquv mashqlari yakunlandi, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, mashgʻulotlarning soʻnggi kunida ikki davlat harbiy xizmatchilari oʻtish murakkab boʻlgan togʻli hududlarda noqonuniy qurollangan kuchlarni yoʻq qilish boʻyicha aksilterror operatsiyasini amalga oshirishdi.

Bugungi zamon jangining oʻziga xos xususiyatlari inobatga olingan va real harbiy harakatlarga maksimal darajada yaqinlashtirilgan mashqlarda birlashgan qoʻmondonlik tomonidan qoʻyilgan oʻquv jangovar topshiriqlarini Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi Harbiy Havo kuchlari va artilleriya boʻlinmalari, Oʻzbekiston va Rossiya harbiy okruglarining togʻ-oʻqchi boʻlinmalari bajardi.

Olingan razvedka maʼlumotlariga koʻra rejalashtirilgan harakatlar davomida shartli dushmanning moddiy taʼminot bazalari, texnika vositalari va boshqa kuchlari batamom yakson qilinib, garovga olinganlar ozod qilindi.

— Mashqlarda koʻzlangan maqsadlarga erishildi, — deydi mayor Azamat Jabborov. — Boʻlinmalar harakatlari jarayonida eng samarali usullarni qoʻllashga, oʻquv jangovar vazifalarni kam vaqt va kuch sarflab bajarishga harakat qildik. Safdoshlarim va qoʻl ostimdagi harbiy xizmatchilarning shu davrgacha boʻlgan mashgʻulotlarda murakkab relyef va noqulay iqlim sharoitlarida jangovar harakatlarni olib borish koʻnikmasining oshirib borilgani bizga juda qoʻl keldi.

Tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash, xalqaro terrorizm, ekstremizm kabi global tahdidlarga qarshi kurashish, murakkab togʻ sharoitida noqonuniy qurollangan kuchlarni yoʻq qilish boʻyicha oʻtkazilgan hamkorlikdagi mashqlarning tantanali yopilish marosimida Rossiya Federatsiyasining Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Vladimir Tyurdenev, Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining oʻrinbosari — Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni general-mayor Pavel Ergashev, Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy okrug qoʻmondonligi shtab boshligʻi oʻrinbosari general-mayor Rustam Minnekayev ishtirok etdi.

Aksilterror operatsiyasida qoʻyilgan oʻquv jangovar topshiriqlarni muvaffaqiyatli bajargan harbiy xizmatchilar — Oʻzbekiston tomonidan mayor Azamat Jabborov, mayor Xurshid Mamadaliyev, kichik serjant Habibullo Xolboyev, shartnoma boʻyicha harbiy xizmatchi, oddiy askar Doston Mamatov, Rossiya tomonidan vzvod komandiri katta leytenant Sergey Baromыko, serjant Buyan Kenden, shartnoma boʻyicha harbiy xizmatchi, oddiy askar Amir Kilik taqdirlandi.

Rossiya Federatsiyasining Tiva Respublikasidan kelgan harbiy xizmatchilar madaniy tadbirlar davomida Samarqand shahrida ham boʻldilar.

Rossiya Federatsiyasi harbiy xizmatchilari shu kuni ortga qaytdilar.

Asosiy mavzular