14:27 24 Oktyabr 2017
Efir
Postradavshix v DTP pod Pokrovom uzbekistantsev dostavili v Uzbekistan

Vladimirda halok boʻlgan Oʻzbekiston fuqarolari jasadlari Termizga olib kelindi

© Telekanal uzbekistan 24
Jamiyat
Havola olish
Vladimirdagi avtobus fojiasi (18)
1881 0 0

3 nafar ogʻir jarohat olgan oʻzbekistonliklar Vladimir viloyatida davolanishda boʻlib turibdi. Ularning ahvoli doimiy nazoratda va sogʻligi yaxshilangach, Oʻzbekistonga qaytadilar

TOSHKENT, 7 okt — Sputnik. Vladimir viloyatidagi YTHdan jabrlanganlar Oʻzbekistonga olib kelindi, deb xabar qildi "Oʻzbekiston 24" nashri.

Rossiyaning Vladimir viloyati Pokrov tumanida 2017 yilning 6 oktyabr kuni avtobus va poyezd toʻqnashuvi sodir boʻlgan.

Shu kuni Oʻzbekiston Hukumati qaroriga koʻra, yordam koʻrsatish va jabrlanganlarni olib ketish uchun Vladimir viloyatiga maxsus samolyot va mutaxassislar yuborilgandi.

Vladimir viloyatidagi 36 nafar Oʻzbekiston fuqarosi, 5 nafar ularning qarindoshlari bugun erta tongda Oʻzbekistonga qaytib kelishdi.

Shuningdek, 15 nafar fuqaroning jasadi ham Surxondaryoga olib kelinib, 22 nafar surxondaryolik Termizda qoldi, samolyot esa Toshkentga yoʻl oldi.

3 nafar ogʻir jarohat olgan oʻzbekistonliklar Vladimir viloyatida davolanishda boʻlib turibdi. Ularning ahvoli doimiy nazoratda va sogʻligi yaxshilangach, Vatanga qaytadilar, deb xabar qilgan nashr.

Mavzu:
Vladimirdagi avtobus fojiasi (18)

Asosiy mavzular