23:40 18 Dekabr 2017
Efir
Sudno na dne Aralskogo morya

Rossiya Orol dengizini qayta tiklashga yordam beradimi

Janat Aytxojin
Jamiyat
Havola olish
Andrey Zaxvatov
316890

Qachonlardir Orol dengizi kattaligi boʻyicha dunyoda toʻrtinchi oʻrinda boʻlgan. Bugun insoniyat tabiyatga salbiy taʼsirining yorqin namunasidir: dengiz beparvolarcha yuritilgan xoʻjalik faoliyati natijasida yoʻq boʻldi

TOSHKENT, 9 okt — Sputnik. Andrey Zaxvatov. Yuz yil oldin, 1917 yilda Markaziy Osiyo hududida maydoni boʻyicha sayyorada  uchinchi boʻlgan Orol dengizi havzasida 3,5 million gektar yer sugʻorilardi.

Suv va yer hammaga yetar edi. Lekin oʻtgan asr 70 yillarning oxirlarida ushbu ulkan mintaqada keng koʻlamli oʻzgarishlar boshlandi. Orol dengizi muammosing tarixi va hal etish choralari haqida Sputnik Tojikiston kolumnisti Andrey Zaxvatov oʻz fikrini bayon qildi.

Barcha suv muammolardan eng ogʻiri

Tojikiston, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Turmaniston va Qozogʻiston sugʻoriladigan yerlar maydoni yuz yilda, 2017 yilga kelib tahminan 4 baravarga 3 dan 11 million gektarga ortdi. Aholining soni esa besh baravarga 70 million kishiga yetdi. Aholi soniga toʻgʻri keladigan sugʻoriladigan shudgor yerlarda har bir mamlakat hududida qisqardi, Tojikistonda bu koʻrsatkich oʻta past miqdorga yetdi (sovet ittifoqi oʻlchovi boʻyicha): bir odamga sal kam 0,1 gektarni tashkil qildi.

Oʻtgan asrning oʻrtalarida Sobiq Ittifoq rahbariyati oldida Markaziy Osiyo sovet respublikalarining keskin tarzda koʻpayotgan aholini boqish vazifasi oʻta dolzarb tus oldi. Ushbu masalani hal qilish uchun oddiy yoʻl tanlab olindi.

Qishloq xoʻjaligida suvni tejash texnologlarini joriy etish oʻrniga hosil olish maydonlari kengaytirib borildi. Yer sugʻorishda esa qadimdan qolgan ustki sugʻorish texnikasidan foydalanildi. Bu esa suvni haddan tashqari isrof boʻlishi va filtratsiyaga sarflanishga olib keldi.

Bularning barchasi oʻta salbiy oqibatlarga olib keldi. Xususan, Orol dengizini taʼminlab turadigan Sirdaryo va Amudaryodan suv olish hajmi tez ortib bordi. Qachonlardir baliqchilik kemalari suzgan dengiz deyarli nobud boʻldi.

Nima uchun bunday boʻldi?

Bu savolga javob berish uchun, qator ekspertlar Sovet Ittifoqining 60 yillardagi davlat rejalashtirish va boshqaruv tizimi sabab degan fikr bildirishmoqda.

Sovet Ittifoqi tashqi dunyodan yopiq boʻlgani tufayli paxta bilan oʻzini taʼminlash kerak va xorijdan import qilish masalasi koʻrib chiqilmagan. Shu tufayli Markaziy Osiyo respublikalarida paxta yetishtirish maydonlari kengaytirib borilgan.

Paxta koʻp suv talab qiladigan oʻsimlikdir. Cugʻorish mavsumida paxtani kamiga 10-11 marta sugʻorish kerak boʻladi. Ushbu jarayonda har bir gektarga 11-13 ming kubmetr suv yuboriladi. Misol tariqasida guruch yetishtirishda  dalalariga bir gektarga 20 ming kubmetrgacha suv yetkaziladi. Magistral suv kanallarining 60 foizdan ortigʻi, shuningdek, xoʻjaliklar oʻrtasidagi va ichki suv yigʻish va sugʻorish tarmoqlarining tubi qoplamasiz va usti ochiq boʻlganligi sababli juda koʻp miqdorda suv filtratsiya va bugʻlanish oqibatida yoʻqotilgan.

Tojikiston va Oʻzbekistonda suvni tejash boʻyicha yangi texnologiyalar ishlab chiqarilar edi, ammo shiddatli paxta yetishtirish va yangi texnologiyalarni joriy etish uchun harajatlar tufayli mamlakatlarda ularni tatbiq etishga imkon berilmas edi.

Sirdaryo va Amudaryoning suv miqdori oqib kelishi 70-80 yillarda yiliga borgan sari kamayib ketgan. Sovet Ittifoqi parchalangandan keyin vaziyat yanada keskinlashdi. Orol dengiz sathidan asrning soʻngi choragida har yili million tonnagacha chang va tuz shamol bilan koʻtarilmoqda. Bu ekologiyaga oʻz salbiy taʼsirini koʻrsatmoqda.

Nima uchun Isroilda bunday emas

Xorijiy olimlarning tadqiqotlari, xususan isroilik olimlar, jazirama iqlim boʻlishi va suv resurslari taqchilligiga qaramasdan oʻz oziq-ovqat xavfsizligi muammosini hal qilibgina qolmay, balki Isroilni yirik eksport qiluvchi mamlakatga aylanishga imkon berdi.

Markaziy Osiyo, Isroil, Hindiston va Xitoyda suvdan foydalanish sohasida tadqiqot oʻtkazgan tojikistonlik ekspert Akbar Saidzoda bir qator raqamlarni keltirib oʻtdi. Isroilda bir nafar kishiga shudgor yerlar maydoni 0,03 gektarni tashkil qiladi, bu koʻrsatkich Markaziy Osiyo mamlakatlaridan 3 baravar kamdir.

Aholisi 8,5 million boʻlgan Isroil (Tojikistonda ham aholi soni deyarli bir xil) qishloq xoʻjaligi yiliga sugʻorish uchun tahminan 1,2 kub kilometr suv sarflanadi, Tojikistonda esa bu koʻrsatkich 10-12 kub kilometrni tashkil qiladi.

Isroil suv xoʻjaligi sohasidagigi organlar tomonidan suvni tejash texnologiyalarini faol ravishda joriy qilinmoqda. Birinchi navbatda ekinlarni tomchilab sugʻorish tizimi joriy etilgan. Buning natijasida meva-sabzavotlarni yetishtirishga bir gektarga atigi 2,5 ming kubmetrdan suv sarflanadi. Xitoy va Xindistonda ham boshqa davlatlarga nisbatan suv tejamlanadi. U yerda bir odamga nisbatan sugʻoriladigan shudgor yerlar 0,04 gektarni tashkil qiladi. Bu koʻrsatkich Oʻzbekiston va Tojikistonga nisbatan ikki baravar kamdir.

Markaziy Osiyo Sobiq Ittifoq davlatlari va Isroil ushbu koʻrsatkichlarini qiyoslaganda, birinchi oʻrinda Orol dengizini qutqarish uchun paxta yetishtirishni qisqartirish va suvni tejash boʻyicha xorijiy mamlakatlarning tajribasini qoʻllash zarurligini xulosa qilish mumkin. Oʻshanda Sirdaryo va Amudaryo suvi yana Orol dengiziga yetib boradi va dengiz qayta tiklanadi.

Lekin muammolar kamaymayapti. Markaziy Osiyo davlatlarning aholisi koʻpaymoqda, shunga tegishli ravishda oziq-ovqat isteʼmol xajmi ortmoqda. Yangi va qimmatbaho texnologiyalarni joriy qilish uchun moliyaviy resurslar yetishmayapti, paxta yetishtirish oʻrniga boshqa mahsulot yetishtirish turlari bilan almashtirish zarur, lekin hali hanuz yangi mahsulotlarni sotish bozorlari aniqlanmagan.

Shuning uchun dalalardan suvni Orol dengiziga oʻtkazish imkoni boʻlmayapti. Buni kelgusi oʻn yilliklarda amalga oshirib boʻlmaydi. Orol dengizi muammosini hal etish boʻyicha boshqa yoʻllari ham bor.

Rossiya "suv donori" boʻladimi?

Sobiq Sovet Ittifoqi Melioratsiya va suv xoʻjaligi (Soyuzgiprovodxoz) loyiha institutining yetakchilari tomonidan 70 yillarning oʻzida Rossiyaning Ob daryosini Qoʻrgʻonga, Chelyabinsk, Omsk viloyatlari orqali Markaziy Osiyoga oʻtkazish loyhasini texnik-iqtisodiy asosi ishlab chiqarilgan edi.

Ob dengizining bir qismini Oʻrta Osiyoga yoʻnaltirishga qaratilgan  ushbu olamshumul gʻoya ekologlarning keskin eʼtirozlariga sabab boʻlgan edi. Gʻoya ijodkorlari esa, qoʻllarida hisob kitob bilan Ob daryosining yillik hajmidan 7% suvini olish ekologiyaga taʼsir qilmasligini hamda Ob daryosining quyi qismidagi botqoqliklar maydonini qisqaritish va Orol dengizi tiklanishiga olib kelishi isbotlashga harakat qilishardi.

Loyhaga 150 dan ortiq loyihalashtirish va ilmiy-tadqiqot institutlari mutaxasisslari, jumladan Sobiq Ittifoq Fanlar akademiyasining institutlari jalb qilingan edi. Toshkentda "Sredazgiprovodxlopok" ilmiy tekshirish instituti tomonidan "Orol dengizi havzasi suvlarini kompleks foydalanish chizmasi" ishlab chiqilgan eddi.

Gosplan mutaxassislari 80 yillarning ikkichi yarmida ushbu loyihani moliyalashtirish manbalarini qidirishni boshlagan edi. Lekin 1986 yilning 14 avgustida KPSS Markaziy qoʻmitasi va SSSR Vazirlar mahkamasi qoʻshma qarori bilan munozaralar keskin toʻxtatildi. Loyiha yopildi.

Markaziy Osiyoning mustaqil respublikalarida ham oʻtgan 30 yil ichida suvdan tejamli foydalanish texnologiyalari kiritilmadi. Orol dengizi qurishi oqibatida mintaqada ekologik vaziyat yanada yomonlashdi va davlatlar oʻrtasida suv masalasida bahslar shiddatli tus ola boshladi.

Bir qator ekspertlarning fikrlariga koʻra, Markaziy Osiyo aholisi shiddatli koʻpayishi va suv taqchiligi muammosi hal qilinmasligi qibatida ijtimoiy notinchlik xavfi ham ortib bormoqda. Ushbu mudhish prognozlar amalga oshgan taqdirda, Ob dengizidan suv oʻtkazish loyihasi ustida bahs olib borish foydasiz boʻladi.

Oʻz fikrlarini asoslagan holda, loyiha tarafdorlari 20 yil oldin gapirilmagan yangi fikrlarni ilgan surishmoqda: aholi koʻpayishi va ishsizlik Sobiq Ittifoq mamlakatlari hududidan Rossiyaga koʻp millionlik mehnat migratsiyasi muammosini olib keldi.

Ekspertlar Sibir suvini oʻtkazishga yana bir dalil sifatida — Rossiya Markaziy Osiyoning 5ta davlatlari uchun "suv donori" boʻlish maqomini olish natijasida ushbu davlatlar bilan oʻzaro aloqalarni mustamkamlash borasi noyob imkoyatga ega boʻlib, mintaqada oʻz pozitsiyasini kuchaytiradi, deyishmoqda.

Shubhasiz, suv oʻtkazish loyihasiga qaytish jarayonida ekologiya masalalari sinchkovlik bilan oʻtganib chiqish talab qilinadi. Loyihani moliyalashtirish masalasiga kelsak, balkim bunga  Xitoy qiziqish uygʻotishi mumkin. Chunki Xitoy uzoq vaqtdan beri neft va gazga boy boʻlgan Kaspiy havzasi mamlakatlari bilan hamkorlik qilishni orzu qilmoqda. Buning uchun esa, hududda barqarorlik kerak.

Asosiy mavzular