14:16 24 Oktyabr 2017
Efir
Pribыtiye v Respubliku Tatarstan zamestitelya Premyer-ministra Respubliki Uzbekistan Gulomjona Ibragimova

Oʻzbekiston bosh vaziri oʻrinbosari ishchi tashrif bilan Tataristonga keldi

Press-slujba prezidenta Tatarstana / Mixail Kozlovskiy
Jamiyat
Havola olish
315 0 0

Oʻzbekiston bosh vaziri oʻrinbosari Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov bilan muzokara oʻtkazish uchun aeroportdan Qozon Kremliga yoʻl oldi

TOSHKENT, 10 okt — Sputnik. Bugun Oʻzbekiston bosh vaziri oʻrinbosari Gʻulomjon Ibragimov ishchi tashrif bilan Tataristonga keldi. Bu haqda Tatariston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

"Qozon" xalqaro aeroportida Gʻulomjon Ibragimovni Tatariston bosh vaziri Aleksey Pesoshin, Tatariston sanoat va savdo vaziri Albert Karimov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Oʻzbekiston bosh vaziri oʻrinbosari Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov bilan muzokara oʻtkazish uchun aeroportdan Qozon Kremliga yoʻl oldi.

Keyinroq Oʻzbekiston va Tatariston delegatsiyalari oʻrtasida kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralar boʻlib oʻtishi kutilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, 23-25 sentyabr kunlari Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov Oʻzbekistonga tashrif buyurgandi.

Asosiy mavzular