14:36 23 Oktyabr 2017
Efir
Neftepererabatыvayuщeye predpriyatiye

Rossiyaning "Taif" kompaniyasi Oʻzbekistonda zavod qurish masalasini koʻrib chiqadi

© AP Photo/ Vahid Salemi, File
Jamiyat
Havola olish
795 0 0

Tatariston prezidenti oʻzbekistonlik tadbirkorlarni respublikada faolroq ishlashga chaqirdi va ular uchun barcha sharoitlar yaratib berilishini maʼlum qildi

TOSHKENT, 10 okt — Sputnik. "Taif" kompaniyalar guruhi Oʻzbekistonda neft-kimyo sohasida ishlab chiqarishni tashkil etish imkoniyatini oʻrganadi, dedi Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov.

"Taif" kompaniyalar guruhi oldida katta vazifa turibdi, neft-kimyo boʻyicha ulkan tajribamiz bor. Mutaxassislarni joʻnatish lozim, xomashyo bazasini oʻrganish kerak. Xomashyo va u yoki bu mahsulotga boʻlgan talabdan kelib chiqib qoʻshma korxona tashkil etish imkoniyatini koʻrib chiqish darkor. Biz nimalarni taklif eta olishimiz uchun odam joʻnatamiz", — dedi Minnixanov Oʻzbekiston delegatsiyasi bilan uchrashuvda.

Pribыtiye v Respubliku Tatarstan zamestitelya Premyer-ministra Respubliki Uzbekistan Gulomjona Ibragimova
Press-slujba prezidenta Tatarstana / Mixail Kozlovskiy

Tatariston rahbari shuningdek, "Tatneft" bosh direktori Nail Maganovga neft qazib olish borasida maslahatlar berish uchun Oʻzbekistonga mutaxassislar joʻnatish vazifasini topshirdi.

Minnixanov oʻzbekistonlik tadbirkorlarni Tatariston bozorida faolroq ish olib borishga chaqirdi.

"Sizlarda bor mahsulotlar bizda yoʻq va biz bu mahsulotlarni toʻgʻridan-toʻgʻri olmaymiz. Sizlarga agrosanoat parkidan joy ajratib beramiz. Sizlarda kuchli yengil sanoat bor, biz esa bu yoʻnalishda faqat importga bogʻlanganmiz. Oʻzbekiston ulkan salohiyatga ega, biz sizlarga sharoit yaratib berish va qoʻllab-quvvatlashdan manfaatdormiz", — dedi respublika prezidenti.

Tatariston prezidenti turistik aloqalar, mashinasozlik, qurilish, uy-joy xoʻjaligi, sogʻliqni saqlash, qishloq xoʻjaligi, informatizatsiya, madaniyat va boshqa sohalarda hamkorlikni kuchaytirish lozimligini qayd etdi.

Eslatib oʻtamiz, bugun Qozon shahriga Oʻzbekiston bosh vaziri oʻrinbosari Gʻulomjon Ibragimov rahbarligidagi delegatsiya tashrif buyurgan. Oʻzbekiston vakillari Tataristonning yetakchi korxonalari va oliy oʻquv yurtlari faoliyati bilan ham tanishadilar.

Asosiy mavzular