14:19 24 Oktyabr 2017
Efir
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev Cochi shahriga keldi

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Jamiyat
Havola olish
60310

Prezident Shavkat Mirziyoyev Sochi shahrida ikki tomonlama qator uchrashuvlar ham oʻtkazadi

TOSHKENT, 10 okt — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun 10 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasining Sochi shahriga keldi. Bu haqda prezidentning matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga koʻra, Shavkat Mirziyoyevni Sochi xalqaro aeroportida MDH Ijroiya qoʻmitasi raisi — ijrochi kotibi Sergey Lebedev, Sochi shahri meri Anatoliy Paxomov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

MDH Davlat rahbarlari kengashi majlisining asosiy tadbirlari 11 oktyabrga moʻljallangan. Majlis kun tartibiga Hamdoʻstlik doirasida siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishga doir 20 dan ortiq masala kiritilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Sochi shahrida ikki tomonlama qator uchrashuvlar ham oʻtkazadi.

 

Asosiy mavzular