14:34 24 Oktyabr 2017
Efir
Pribыtiye poyezda Tashkent-Moskva

Yoshlar Ittifoqi mardikor bozorlaridagi yoshlar haqida axborot berdi

© Sputnik/ Aleksey Filippov
Jamiyat
Havola olish
61720

Yoshlar Ittifoqi tashkilotining ijtimoiy tarmoqdagi akkauntida mardikor bozorlaridagi yoshlar faoliyati oʻrganilgani haqida axborot berildi. Xabarga koʻra, mardikor bozoridagi aksariyat yoshlarda kasb-hunar kolleji diplomi mavjud. Ammo kollej diplomi bilan hech qayerga ishga kira olmagan yoshlar mardikorchilik qilishga majbur boʻlishmoqda

TOSHKENT, 11 okt — Sputnik. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahrining Yashnobod, Uchtepa hamda Shayxontohur tumanlarida mavjud bir martalik ish berish byurolarida mehnat qilayotgan yoshlar bilan suhbatlar oʻtkazdi, deb xabar qilindi tashkilotning Feysbukdagi rasmiy sahifasida.

"Bugungi kunda mardikor bozorlarida yoshlarning mehnat faoliyati rasmiylashtirilmagan. Mavsumiy ishlarda ishlovchi yoshlarning huquqlarini toʻla darajada himoya qilib boʻlmaslik holatlari mavjud.

Suhbatlar davomida bir martalik ish berish byurolarida ishlayotgan yoshlar uchun kunlik ish haqqi yengil ishlar uchun 50 ming soʻmdan boshlanib, ogʻir ishlar uchun 100 ming soʻmgacha belgilanganligi aniqlandi", — deyiladi xabarda.

Jumladan, Yashnobod tumanidagi vaqtinchalik ishlarni tashkil etish byurosida 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar soni 40 nafarni tashkil etgan.

Taʼkidlanishicha, aksariyat yoshlarda kasb-hunar kolleji diplomi mavjud, ammo kollejni bitirgandan keyin hech qayerga ishga kira olishmaganligi uchun shu yerda vaqtinchalik ishlamoqda. 36 nafar mavsumiy ishchilar Toshkent shahrida doimiy yoki vaqtinchalik roʻyxatda turmaganligi sababli, Yashnobod tumani IIB xodimlari bilan koʻplab eʼtiroz va muammolar kelib chiqayotganligini bildirishgan.

Uchtepa tumanida yollanma ishchilar (mardikor)ning aksariyati Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidan ekanligi aniqlangan. Tumanda ishlab chiqarish korxonalari kamligi sababli Toshkent shahriga kelib mardikorchilik qilishmoqda.

Yoshlar yashash sharoitlari qoniqarli emasligi, bitta kvartirada 6-15 tacha boʻlib yashashlarini, yaxshi ish topish mushkulligini, agarda, ular ham oʻzlari yashaydigan joylarda ish bilan taʼminlansalar, uylariga qaytishga tayyorligini aytishgan.

Asosiy mavzular