18:15 13 Dekabr 2017
Efir
Rabota s bumagami

Endi Toshkentdagi koʻchmas mulk oldi-sotdilarida qogʻozbozlikka hojat qolmadi

© Sputnik/ Vladimir Astapkovich
Jamiyat
Havola olish
138610

Bugungi kunga kelib "Toshkent shahar yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri" DK tomonidan koʻchmas mulk oldi-sotdisi, almashtirish, tuhfa qilish bilan bogʻliq jarayonlar uchun qogʻozda maʼlumotnomalar berish toʻxtatildi

TOSHKENT, 11 okt — Sputnik. Toshkentda 11 oktyabrdan boshlab koʻchmas mulk bilan bogʻliq jarayonlarda yangi tartib joriy etildi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.

Xususan, endilikda koʻchmas mulk oldi-sotdisi, almashtirish, tuhfa qilish bilan bogʻliq jarayonlarda fuqarolar bino va inshootlarning tarkibi hamda tegishliligi haqida qogʻozda maʼlumotnoma taqdim etishlari shart emas. Notarial idoralarga barcha maʼlumotlar "Toshkent shahar yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri" DK tomonidan elektron tarzda yetkazib beriladi.

Bugungi kunga kelib "Toshkent shahar yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri" DK tomonidan koʻchmas mulk oldi-sotdisi, almashtirish, tuhfa qilish bilan bogʻliq jarayonlar uchun qogʻozda maʼlumotnomalar berish toʻxtatildi.

Ekspertlarning fikricha, idoralararo elektron hujjat almashuv fuqarolarning "Toshkent shahar yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri" DK tuman filiallariga ortiqcha murojaatlarini bir necha martaga kamaytirish orqali ularning vaqtini tejash imkonini beradi.

Bundan tashqari, bu notarial idoralar va kadastr korxonasining tuman filiallariga fuqarolar oqimi va uzun navbatlarni kamaytiradi.

Asosiy mavzular